Romsiz BLUBOO S1 smartfonini mutlaqo bepul olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  4201
  •  20.06.2017 11:56

Romsiz BLUBOO S1 smartfonini mutlaqo bepul olish mumkin!

Xitoyning BLUBOO kompaniyasi o‘z yurtdoshlarining Xiaomi Mi Mix modeliga raqobatchi sifatida, tag‘in o‘ta arzon narxda – atigi 159 dollarga BLUBOO S1 smartfonini taqdim etmoqda. Joriy haftada ishlab chiqaruvchi mazkur qurilma uchun oldindan buyurtmalar qabul qila boshlaydi, deb yozadi Hi-News.ru.

Eng qizig‘i – omadi chopgan 2000 nafar buyurtmachi bu smartfonni mutlaqo bepul qo‘lga kiritadi! BLUBOO S1’ning bozorga chiqarilishi munosabati bilan joriy etilgan aksiya 20 iyundan 30 iyungacha davom etadi. Omadingizni sinab ko‘rish uchun ham ko‘p narsa kerak emas – shu aksiyaning maxsus sahifasiga o‘tib, amaldagi elektron pochtangiz manzilini kiritasiz va natijani kutasiz, xolos! Agarda mazkur aksiyaga 100 000 kishi shu tariqa obuna bo‘lsa, keyin ular orasida ikki mingta BLUBOO S1 smartfoni lotereya sifatida o‘ynaladi.

Bu bilan bir vaqtning o‘zida yana bir aksiya ham yo‘lga qo‘yilgan, unda ikkita smartfon o‘ynaladi, deyiladi xabarda. Unda ishtirokchilarga Facebook’dagi BLUBOO rasmiy hamjamiyatiga layk qo‘yish, ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlariga ulashish, uchta do‘stini belgilash hamda BLUBOO S1 nimasi bilan qiziqtirayotgani haqida izoh yozish kerak bo‘ladi. Eng qiziqarli ikkita izoh muallifiga bittadan yangi romsiz smartfon taqdim etiladi.

BLUBOO S1 modelining o‘ziga xosligi shundaki, uning old paneli 90 foiz yuzasini displey egallaydi. Qurilmaning tezkor xotirasi hajmi 4 GB, akkumulyatori sig‘imi 3500 mA/soat, kamerasi esa qo‘sh ob’yektivli.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!