Romsiz displey va 8 GB tezkor xotiraga ega ilk smartfon!

  •   DiMaX
  •  1957
  •  06.07.2017 14:04

Romsiz displey va 8 GB tezkor xotiraga ega ilk smartfon!

Ulefone kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni – F2 modelini taqdim etishini ma’lum qildi. U 8 GB hajmli tezkor xotiraga hamda romsiz ekranga ega dunyodagi ilk qurilma bo‘ladi, deb yozadi GizmoChina.

Smartfonning dizayni Samsung Galaxy S8 modeliga o‘xshab ketadi. Ulefone F2 telefonining qayrilma ekrani diagonaliga 5,7 dyuym o‘lchamga ega, uning tomonlari  18,5x9 nisbatda bo‘ladi.


Yangi devaysning kamerasi qo‘shaloq modulga ega bo‘lishi ma’lum. Biroq, uning megapiksellar bo‘yicha sifati va boshqa tafsilotlari hozircha oshkor etilmayotir.

Shuningdek, Ulefone F2’ning protsessori hamda operatsion tizimi versiyasi ham noma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!