Romsiz Honor Note 9, nihoyat "qo‘lga tushdi"

Romsiz Honor Note 9, nihoyat

Xitoylik insayderlar tomonidan shu kunlarda yirik displeyli smartfon to‘g‘risidagi xabarlar va uning render-suratlari e’lon qilinayotgan edi. Nihoyat, ulkan displeyli bu gadjetning ilk "jonli" fotosurati internetda e’lon qilindi.

Honor Note 9 -- displeyining yuqori va quyi qismi kichik romli, yon tomonlari juda yupqa romga ega xitoylik navbatdagi fablet. Uning "ajdodi" bo‘lmish Huawei Honor Note 8 fableti 2016 yilning avgustida taqdim qilingan edi. Shunday ekan, Huawei fabletning yangi avlodini taqdim qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu fablet bozorda  Xiaomi Mi Mix'ga qarshi "jangga" kiradi.   


Hozircha Huawei kompaniyasi Honor Note 9 xususida biror bir rasmiy ma’lumot taqdim qilmagan. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Honor Note 9 devaysi 6,6 dyuymli 2,5D shakldagi himoya shishasi bilan qoplangan displey, 2K sig‘imli ekran, Kirin 960 protsessori, talqinidan kelib chiqib 4 yoki 6 gigabaytli "operativka", 2 ob’yektivli bosh kamera hamda tok sig‘imi 5000 mA soat bo‘lgan akkumulyatorga ega bo‘ladi. Fablet Android 7.0 Nougat'ning EMUI 5 talqinida faoliyat ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya muhandislari barmoq izlari skanerini virtual ko‘rinishda displeyga joylashtirishga harakat qilishmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, Honor Note 9 joriy yilning 3-choragi yakunida taqdim qilinadi va kuzda 600 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!