Rossiyada Mi MIX 2 taqdim qilindi

Rossiyada Mi MIX 2 taqdim qilindi

Romsiz hashamdor Mi MIX 2 smartfoni kecha Rossiyada rasman taqdim qilindi. Ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 platformasi, 6 Gb «operativka» va Adreno 540 video-kartasi, shuningdek, qiziqarli dizayni bilan o‘ziga xos flagman shu kunlarda eng yaxshi sotilayotgan mobil aloqa vositalaridan biri. Taniqli sanoat dizayneri Filipp Stark yaratgan bu devays korpusi to‘liq alyuminiy va keramikadan tayyorlangan.

Mi MIX 2 diagonali 5,99 dyuym, sig‘imi 2160x1080 pikselli, o‘ta yupqa romli ekranga ega bo‘lgan. Old va orqa panel qayrilma hoshiyali. Yangi avlod "romsizi"da old panelning 93 foiz qismi ekrandan iborat.

Gadjetning tom qismida suhbat karnayi va oraliq-masofa sensori mahorat bilan "bekitib" qo‘yilgan. Ovoz ekrandan taralayotgandek taassurot qoldiradi.

O‘qing: iPhone X'da navbatdagi ommaviy nosozlik kuzatilmoqda

Smartfon 8 yadroli, chastota tezligi 2,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 835 protsessori bilan yanada kuchli. 12 megapikselli bosh kamera uchun sezgir Sony IMX386 sensori tanlangan. Old kamera esa 5 megapikselli va old panel quyisida joylashgan. Flagmandagi akkumulyatorning tok sig‘imi 3400 mA soat.

Gadjet talqiniga ko‘ra 6 yoki 8 GB tezkor xotirada Xitoyda $510 hamda $620 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan edi.

Mi MIX 2'ning 6/64 Gb talqini Rossiyada 590 AQSh dollaridan sotiladi. Uni bugundan boshlab buyurtma qilish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.