Rossiyada “o‘lmas” noutbuk yaratildi

Rossiyada “o‘lmas” noutbuk yaratildi

hi-tech.mail.ru nashrining xabar berishicha, Rossiyada “Pusk” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 10,5 kg og‘irlikdagi, o‘ta kuchli tashqi himoyaga ega bo‘lgan PMVU-1711 noutbuki yaratildi. Qurilma Intel i7 markasidagi kuchli protsessor bilan ta’minlangan.

Noutbuk uchinchi avlod Intel i7 protsessorida ishlaydi (hozir ushbu protsessorning 7-avlodi ham chiqarilgan), 4 GB tezkor xotira, sozlangan videokarta va 240 GB doimiy xotiraga ega. Noutbukning asosiy afzalligi uning texnik parametrlarida emas, tashqi himoyasidadir.

PMVU-1711 noutbukini Selsiy bo‘yicha -20 dan +55 darajagicha bo‘lgan haroratda (o‘ta og‘ir sharoitda bu ko‘rsatkich -50 dan +60 gradusni tashkil etadi), yuqori namlik va 200 Gs bo‘lgan kuchli tebranish  vaqtida ham ishlatsa bo‘ladi. Qurilma bir martalik 30g va ko‘p martalik 15g birligidagi zarbalarga dosh bera oladi. Suvga chidamli.

Ushbu noutbuk harbiylar va dengizchilarga muayyan sharoitlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Albatta, bu sizga Acer Predator 21X emas, uning bajaradigan vazifalari ham boshqacha.

Noutbukka  Win XP, Win 7, MSVS (yadro – 2.6), AstroLinux (ver. 1.3) dasturlarini o‘rnatish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!