Rossiyalik jurnalistlar Telegram masalasi bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishdi

Rossiyalik jurnalistlar Telegram masalasi bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishdi

Rossiyaning «Vedomosti» kundalik gazetasining ma’lum qilishicha, Telegram messenjerining mamlakatda bloklanishi mumkinligi munosabati bilan jurnalistlar Oleg Kashin hamda Aleksandr Plyuщyev Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat bilan chiqishgan.

Arizachilarning o‘z da’volarida aytishlaricha, internet-yozishmalarning nazorat qilinishi bo‘yicha mavjud qonunchilik ularning shaxsiy va oilaviy hayotlarini hurmat qilish haq-huquqlariga zid. Vaholanki, bu majburiyat «Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiyaning 8-moddasi (8-modda. Shaxsiy va oilaviy hayotning hurmat qilinishi huquqi.) da belgilab berilgan.

Shu bilan birga, murojaatda Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga Telegram foydalanuvchilarining yozishmalarini ko‘zdan kechirishi huquqining berilishi jurnalistlarning kasbiy faoliyatlarini xavf ostiga qolishiga olib kelishi ham bayon etilgan. OAV vakillari shu sababli agar Telegram blokirovka qilinadigan bo‘lsa, jurnalistlar ma’lumot tarqatish va almashish uchun yangi platforma izlashga majbur bo‘lishlarini ham aytishgan.

O‘qing: Samsung yirik smartfon bozorida "qulashda" davom etmoqda

Rossiya hududida Kashin, Plyuщyev va mamlakatdagi boshqa jurnalistlar bu masalada o‘z haq-huquqlarini himoya qila olishmayapti. Misol uchun, Moskvadagi Meщanskiy sudi jurnalistlarning Rossiya federal xavfsizlik xizmati hamda Roskomnadzor tashkilotining Telegram messenjeriga qarshi qarorlarini noqonuniy ekanligi to‘g‘risidagi da’volarni tan olmadi.

Yaqin kunlarda bir qancha Telegram foydalanuvchilarining shu masalada Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishlari ma’lum qilinmoqda.

Huquqshunoslarning fikrlaricha, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi mazkur masala yuzasidan da’vogarlar foydasiga qaror chiqarishi mumkin. Sababi Konvensiyaning 8-moddasi shaxsiy va oilaviy hayotning hurmat qilinishi huquqini yoqlaydi. Boisi da’vogar shaxsan o‘ziga nisbatan kuzatuv va ta’qiblarni isbotlashga majbur emas.

Rossiya federal xavfsizlik xizmati hamda Roskomnadzor tashkilotining Telegram oldiga qo‘ygan talablarida foydalanuvchi sirini aniqlash mexanizmlarinining mavjud ekani esa yaqqol ayon.

O‘qing: Galaxy J7 Duo rasman taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!