Rossiyalik olimlar ko‘rinmas libos uchun material yaratdi

Rossiyalik olimlar ko‘rinmas libos uchun material yaratdi

Moskva fizika-texnika instituti xodimlari nazariy fizika Institutidagi hamkasblari bilan birga g‘aroyib metamaterial tayyorladilar. Bu materialdan ko‘rinmas libos yaratishda foydalanish mumkin. Material kumush elementlari asosida ishlangan. O‘ziga tushgan 80 foiz yorug‘likni aks ettiradi va nurning 70 foizi sinadi. To‘lqin uzunligi 400dan 500 nanometrgacha bo‘lgan havorang, binafsharang va ko‘k ranglar uchun material xususiyatini namoyon qildi.

Ko‘plab materiallarning elementlari omixtasidan tuzilgan material metamaterial deb ataladi. Uning xossalari tarkibidagi materiallarga emas, sun’iy yaratilgan davriy strukturasiga bog‘liq. Shu sababli noyob xususiyatlar, jumladan, optik xususiyatlar yuzaga kelishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.