Samarqand, Buxoro va Toshkentda Ucell’ning 3G/4G tarmog‘i kengaymoqda

  •   DiMaX
  •  1007
  •  17.11.2017 18:18

Samarqand, Buxoro va Toshkentda Ucell’ning 3G/4G tarmog‘i kengaymoqda

Mamlakatimizda uchinchi va to‘rtinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari tobora kengroq hududlarni qamrab olayotir. Jumladan, «COSCOM» MChJ XK (Ucell savdo belgisi) o‘z tarmoqlarining navbatdagi kengaytirilishi haqida xabar bermoqda.

Operatorning saytida aytilishicha, joriy yilning yilning 30 oktyabridan to 12 noyabrigacha bo‘lgan davrning o‘zida 4G standartidagi jami 14 ta, 3G standartidagi jami 3 ta baza stansiyasi foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Ta’kidlanishicha, poytaxtning Sergeli tumani Sputnik-5 dahasida, Mirobod tumanining Matbuotchilar va Munis ko‘chalarida, Olmazor tumanining Qoraqamish dahasida, Chilonzor tumanining Bunyodkor ko‘chasida, Mirzo Ulug‘bek tumanining TTZ-4 dahasida hamda Uchtepa tumanining Mannon Uyg‘ur ko‘chasida 4G standartidagi baza stansiyalari ishga tushirilgan.

Qadim Buxoro shahrining esa A. Jomiy va Qizilqum ko‘chalarida, shuningdek, Shahar aloqa korporatsiyasida to‘rtinchi avlod uyali aloqa antennalari foydalanishga topshirilgan.

«Ro‘yi zamin sayqali» – Samarqand shahrining Gagarin, U. Jo‘raqulova, M. Qoshg‘ariy va Rudakiy ko‘chalarida ham 4G standartidagi baza stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirilgan.

Ucell xabariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Iskandar qishloq fuqarolar yig‘ini hududida, Angren shahrining 5/4 dahasida, shuningdek, poytaxtimizdagi Yakkasaroy tumanining Boshliq dahasida 3G standartidagi jami 3 ta baza stansiyasi foydalanishga topshirilgan.

O‘QING: Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

Shu kabi baza stansiyalarining ko‘payishi va xizmat ko‘rsatish hududining kengayishi O‘zbekiston Respublikasi aholisining yanada ko‘proq qismini sifatli uyali aloqa bilan ta’minlashga imkon yaratadi, deyiladi Ucell saytida.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!