Samsung 26 mayda arzon “Galaxy”larni e’lon qiladi

Samsung 26 mayda arzon “Galaxy”larni e’lon qiladi

Samsung kompaniyasining ommaviy axborot vositalariga yuborgan taklfinomasiga ko‘ra, kompaniya 26 may kuni Samsung Galaxy C modelidagi smartfonlar seriyasini namoyish qilmoqchi.

Korpus qalinligi 7 mm bo‘lishi xabar qilingan yangi Galaxy C5 hamda C7 smartfonlari metall korpusli, nisbatan arzon flagmanlar bo‘lishadi. Kompaniya ularda barmoq izlari skaneri tizimini joriy qiladi.

galaxy_c_02

Samsung Galaxy C5 5,2-dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikseley) sig‘imli, Samsung Galaxy C7 flagmani esa 5,5 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikseley) sig‘imli displeylarga ega.

Har ikkala smartfon Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi.

Smartfonlar 4 GB operativ xotira hamda 32/64 GB ichki doimiy xotira,  16 megapikselli bosh va 8 megapikselli old kameralar, 8 yadroli Snapdragon 615 bosh va Adreno 405/506 yordamchi grafik-tasvir protsessorlari bilan ta’minlangan.

Galaxy C5 elektr sig‘imi 2600 mA soat, Galaxy C7 bo‘lsa 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatorlardan quvvat oladi.

Osiyo smartfon bozoriga mo‘ljallangan geleksilar narx-navo masalasida ham flagmanlar bozordagi raqiblariga qarshi kurasha oladilar. Snapdragon 617 protsessoriga, 32 GB doimiy xotiraga ega Galaxy C5’ning Xitoyda 244 AQSh dollari,  Snapdragon 625 protsessori bilan ta’minlangan  Galaxy C7 smartfonining narxi 300 AQSh dollari atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.