Apple'ga taqlid qilayotgan Samsung katta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin

Apple'ga taqlid qilayotgan Samsung katta xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin

Yangi Samsung Galaxy S9 flagman smartfonining 890–935 dollardan sotilishi ma’lum qilindi. Afsuski, uning 875 dollarlik Galaxy S8 flagmaniga qaraganda arzon bo‘lishi haqidagi xabarlar o‘zini oqlamaydigan ko‘rinadi.

Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagman smartfonlarining taqdimoti shu yilning 25 fevralida — Ispaniyada o‘tadigan MWC 2018 xalqaro mobil anjumanida bo‘lishini rasman e’lon qilgan.

Gadjetlar Qualcomm Snapdragon 845 yoki firmaning Samsung Exynos 9 chipiga ega bo‘ladi. Ularning har ikkalasi 8 yadroli va teng salohiyatli.

Galaxy S9 modeli 5,8-dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) ekran, 12 megapikselli, Dual Pixel texnologiyasiga ega bosh kamera, 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt sig‘imli va UFS 2.1 standartli flesh-modul, tok sig‘imi 3000 mA·soat akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ apparati 6,2 dyuymli, Quad HD+ sig‘imli displeyem, 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamera (f/2,4 — f/1,5) va 6 Gbayt tezkor, 128 Gbayt doimiy xotiraga, 3500 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi.

Telefon apparatlarining qolgan jihatlari bir xil: 8 megapikselli old kamera, stereodinamiklar, Wi-Fi 802.11ac (2,4/5 GGs) hamda Bluetooth 5 LE adapterlari, microSD bo‘lmachasi, GPS/GLONASS modullari, USB 3.1 porti, NFC va MST modullari. Smartfonlar korpusi chang va suvdan himoyalangan.

Eslatib o‘tamiz, Apple ham 2017 yilda deyarli 1000 AQSh dollari turadigan iPhone X flagmanini sotuvga chiqarib, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Boisi, kecha kompaniya qimmat ayfon ishlab chiqarish 2 barobarga qisqarishini ma’lum qildi.

Galaxy S9 modeli Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bilan o‘ziga xos. Biroq, joriy yilda bu chipga ega ko‘plab flagmanlar, jumladan hamyonbop ishlab chiqaruvchilarning telefonlari ham sotuvga chiqariladi. Misol uchun, yaqinda tarqalgan xabarga ko‘ra, Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi ilg‘or Mi7 flagmaniga 3000 yuandan kam bo‘lmagan qiymat belgilamoqchi. Bu esa taxminan 475 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.