Samsung bosh daromadni smartfon savdosidan olmaydi!

Samsung bosh daromadni smartfon savdosidan olmaydi!

Samsung kompaniyasi protsessor ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning birinchi raqamli ishlab chiqaruvchisiga aylandi va ko‘p yillik peshqadam hisoblangan Intel kompaniyasini ortda qoldirdi.

Kompaniya 2017 yilga oid moliyaviy hisobotida e’lon qilingan ma’lumotlar bu to‘g‘rida guvohlik bermoqda.

Shu bilan birga, moliyaviy hisobotlarda qayd etilishicha, chipsetlar ishlab chiqarish orqasidan 2017 yilda Intel kompaniyasi $63 milliard, Samsung esa $69 milliard mablag‘ ishlab topgan.

Qayd etilishicha, 2017 yil Intel uchun omadli kelgan: chipsetlar savdosi o‘tgan yilda 6% ga oshgan. Jahonda ishlab chiqarilgan 90% kompyuterlarda aynan Intel protsessorlari o‘rnatilgan. Samsung esa daromadini smartfonlarga o‘rnatiladigan flash-xotiralar ishlab chiqarish hisobiga oshirgan.

Shu bilan birga, Intel kompaniyasi x86 protsessorlarini ishlab chiqarishga ham alohida diqqat qaratmoqda. Biroq, an’anaviy protsessorlar ishlab chiqarayotgan Intel kompaniyasi bilan taqqoslaganda, tobora rivojlanayotgan Samsung texnologiyasining istiqboli yuqori.

Ekspertlarning fikrlaricha, Samsung kompaniyasi televizor, maishiy texnika, displey va smartfon ishlab chiqarishda ham mutloq yetakchi. Shunga qaramasdan, o‘tgan yilning oxirgi choragida eng katta foyda xotira fleshkalari ishlab chiqarishdan olingan. Mazkur butlovchi qism narxi so‘nggi 2 yilda ikki barobarga qimmatlashgan, talab esa muntazam oshib bormoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!