Samsung brauzeridan boshqa brenddagi smartfonda foydalanish mumkin bo‘ldi

Samsung brauzeridan boshqa brenddagi smartfonda foydalanish mumkin bo‘ldi

Samsung kompaniyasi jahondagi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shu sababli ham kompaniya tomonidan o‘zlashtirilgan Android tizimi talqini xilma-xil ilovalari bilan o‘ziga xos.

Ulardan biri — Samsung Internet Browser. Koreyalik gigantning mazkur brauzeridan shu vaqtga qadar faqatgina Samsung qurilmalari foydalanuvchilari foydalanib kelishar edi.

  Samsung Internet Browser – скриншот   Samsung Internet Browser – скриншот

Samsung kompaniyasi Internet Browser brauzerini boshqa modeldagi smartfonlar uchun sinov tariqasida mart oyida Google Play Store ilovalar do‘koniga joylashtirgan edi. Joriy haftadan ushbu ilova rasman e’lon qilindi. Kompaniya rasman bu ilovani Android 5.0 Lollipop’an keyingi operatsion tizimida ishlaydigan Pixel va Nexus turkumidagi smartfonlarga mo‘ljallanganini e’lon qilgan bo‘lsa ham, ilovadan boshqa Android gadjetlarda ham foydalanilmoqda.

Google Chrome va Samsung Internet Browser o‘rtasidagi o‘xshashlik — har ikkalasi Google’ning Chromium nomli ochiq kodli resursi asosida ishlab chiqilgan. Shunday bo‘lsa ham, koreyalik kompaniyaning mahsuloti veb-to‘lov, tezkor menyu, kontentni bloklash, QR-kod skaneri, xavfsizlikni ta’minlash, yon-atrofda joylashgan ob’yektlar haqida ma’lumot olish kabi jihatlari bilan o‘ziga xosdir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!