Samsung buklanuvchi Galaxy X smartfonini chiqarmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1417
  •  25.09.2017 10:38

Samsung buklanuvchi Galaxy X smartfonini chiqarmoqchi!

Samsung kompaniyasi bukiluvchan smartfonni sertifikatlash bo‘yicha Koreya radiotadqiqotlar agentligiga patent arizasini topshirdi. Bu xususda TechRadar sayti xabar bergan.

Samsung rahbarlarining intervyularidan kelib chiqadigan bo‘lsak, haqiqiy buklanuvchi displey haqidagi orzular kamida ikki yildan beri ularga tinchlik bermay kelayotir. Bu yerda gap Galaxy S7 modelidagi kabi qayrilma ekran emas, balki haqiqiy buklanib-ochiladigan displey haqida ketyapti.

Shu paytgacha kompaniya tomonidan olingan patentlar soni ham mazkur orzular tez orada ro‘yobga chiqishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Bu borada tarqalgan gap-so‘zlarga ko‘ra, bu ham Galaxy turkumiga mansub smartfon bo‘ladi.

Patentdan olingan suratlarga qaraganda, bukiluvchan Galaxy X allaqachonlar urfdan chiqqan «raskladushka»larga o‘xshash bo‘ladi. Faqat ekran telefonning old paneli deyarli butkul qoplab turadi va bukish chizig‘i displeyning qoq o‘rtasidan o‘tadi.

Xitoydagi insayderlar bergan ma’lumotlarga ishonsak, yangicha smartfonning ilk prototiplarini Samsung shu yilning o‘zidayoq tayyorlaydi. Agarda koreyalik gigant shunday buklanuvchi dizayndagi «raskladushka»ni taqdim etsa, bu bilan u bir xildagi – to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi smartfonlarga qarshi «urush ochgan» bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.