Samsung Electronics ikkita kompaniyaga ajralishi mumkin

Samsung Electronics ikkita kompaniyaga ajralishi mumkin

Joriy oyning oxirigacha Samsung Electronics direktorlar kengashi kompaniyasini ikkita mustaqil qismga ajratish masalasini ko‘rib chiqadilar, deya xabar bermoqda IXBT nashri Economic Daily ma’lumotlariga asoslanib.

Qizig‘i shundaki, bunday tashabbus bilan kompaniyaning rahbariyati emas, balki koreys gigantining yirik investorlaridan biri bo‘lgan Elliott Management fondi chiqmoqda. Mazkur fond mutaxassislarining qayd etishicha, bunday harakat kompaniyaning samaradorligini kuchaytiradi va uning jahon birja bozoridagi qiymatini oshiradi. Sababi hozirgi murakkab korporativ tuzilma tufayli Samsung Electronics 70%gacha yetarli darajada baholanmagan.

Elliott Management Samsung Electronics‘ni xolding va boshqaruvchi kompaniyaga ajratishni taklif etmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.