Samsung endi Snapdragon 660’ga raqib tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1638
  •  07.06.2017 11:18

Samsung endi Snapdragon 660’ga raqib tayyorlamoqda

Joriy yilning fevralida Samsung o‘zining Galaxy S8 modeli uchun to‘qqizinchi seriyadagi flagman chipi – Exynos 8895’ni tayyorlagan edi. Mazkur smartfonning boshqa modifikatsiyasiga esa Snapdragon 835 chipi qo‘yilganidan ham xabaringiz bor. Kuni kecha Janubiy Koreya kompaniyasining yangi – Exynos 9610 chipi haqida ham xabar tarqaldi. U o‘rta toifadagi smartfonlarga mo‘ljallab chiqarilgan bo‘lib, Snapdragon 660 bilan raqobatga kirishadi. Bu xususda  GizmoChina resursi tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur ma’lumotlar Weibo tarmog‘ida e’lon qilingan.

Samsung yangi chipining ma’lumotni qayta ishlash texnik jarayoni 14 nanometrga teng. Exynos 9610 ichida 8 ta yadro bo‘ladi: to‘rtta Cortex-A73 hamda to‘rtta Cortex-A53. Undagi G72MP3 grafik protsessori esa – NVIDIA mahsuloti.

Yangi chip shu yilning to‘rtinchi choragida taqdim etiladi. Uni ilk bora Meizu smartfonlarida qo‘llashlari taxmin qilinayotir. Yangi Exynos 9610 chipining raqibi – Snapdragon 660 esa birinchi marta OPPO’ning yangi smartfonlariga o‘rnatiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!