Samsung Focus ilovasi barcha muhim ma’lumotlarni bir joyga yig‘adi

Samsung Focus ilovasi barcha muhim ma’lumotlarni bir joyga yig‘adi

Smartfon ishlab chiqaruvchilari dastur yangilanishlaridan tashqari, o‘zlariga xos ilovalar yordamida ham qurilmaning ishini kuchaytirishlari, undan foydalanishni qulay qilishlari mumkin. Yaqinda Samsung tomonidan yaratilgan Focus ilovasi Android 6.0 versiyasi va undan yuqori versiyalarga ega bo‘lgan Samsung smartfonlarida ishlaydi. Mazkur ilova o‘zining bajaradigan funksiyasi bilan o‘tgan yili chiqarilgan BlackBerry Hub’ni yodga soladi – u foydalanuvchiga qarashli elektron pochta, bildirishnoma, kalendar va kontaktlarni birlashtirib, ularni o‘zaro sinxronlaydi. Samsung Focus, asosan, smarfonni ish maqsadida ishlatadigan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan.

samsung-focus-release-header

Ilova pochta, bildirishnoma, kalendar va kontaktlarni sinxronlash funksiyasiga ega. Shuningdek, ilovada ovozli konferensiyalarga qo‘shilish va ma’lumotlarni izlash bo‘yicha umumlashtirilgan qidirish tizimidan foydalanish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, Focus ilovasi Samsung serverlariga emas, balki sinronlashgan serverlarga ulanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!