Samsung Fransiyada Galaxy Note 7 xaridorlariga 128 GBli microSD sovg‘a qiladi

Samsung Fransiyada Galaxy Note 7 xaridorlariga 128 GBli microSD sovg‘a qiladi

Samsung kompaniyasining Fransiyadagi ofisi Galaxy Note 7 smartfonlarini avvalroq qaytargan xaridorlarga 128 GBli microSD-karta sovg‘a qilishga qaror qildi, deya yozmoqda Phonearena sayti. microSD-kartalar Galaxy Note 7 hodisasi uchun kechirim so‘ralgan maktub bilan birga xaridorlarga jo‘natilmoqda.

Shuningdek, Samsung Fransiya tanlov orqali aniqlangan 1000 nafar Galaxy Note 7  xaridorlariga kompaniyaning Parijdagi virtual reallikka mo‘ljallangan Samsung Life Changer Park attraksioniga tashrif buyurish imkoniyatini taqdim etadi. Ularga yana o‘zlari bilan bir nafar yaqin insonlarini mazkur attraksionga olib kelishlariga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung batareyadagi nosozlik tufayli portlab ketishni boshlagan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni shu yilning 11 oktyabridan e’tiboran to‘xtatishi haqida rasman ma’lum qilgan edi.