Samsung Galaxy A9 fableti dekabrda savdoga chiqadi

Samsung Galaxy A9 fableti dekabrda savdoga chiqadi

Samsung kompaniyasining Erondagi rasmiy internet-magazinida Galaxy A9 fabletining texnik tavsifi va sotilish muddati e’lon qilindi, deb xabar beradi Phonearena.

Samsung Galaxy A9 fableti Adreno 510 grafik tezlatgichga ega sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 620 chipseti bazasida qurilgan. Phonarena yozilishicha, mazkur chipset 4K o‘lchamli videofayllarni “o‘qiydi”.

Tavsif

Fablet 5,5-dyuym Super AMOLED ekranga ega bo‘lib, ko‘rsatish qobiliyati 1920×1080 nuqta va piksel zichligi 401 ppi. Tezkor xotira hajmi 3 GB bo‘lsa, o‘rnatma xotira – 32 GB va uni microSD ko‘magi bilan 128 GBgacha oshirish mumkin. Asosiy kamera 16 megapiksel, frontal kamera – 5 megapiksel.

Samsung Galaxy A9 akkumulyatori haqida ma’lumot yo‘q. Apparat Android 5.1.1. operatsion tizimida ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!