Samsung “Galaxy J” turkumining yangi talqindagi smartfonlarini namoyish qildi

Samsung “Galaxy J” turkumining yangi talqindagi smartfonlarini namoyish qildi

Samsung kompaniyasi Janubiy Koreya bozoriga “Galaxy” turkumiga kiruvchi Galaxy J7 (2016) hamda Galaxy J5 (2016) Android-smartfonlarini sotuvga chiqardi.

Ilk marotaba 2015 yilning yozida namoyish etilgan Galaxy J5 hamda J7 gadjetlari old fotochaqnoqqa ega ilk smartfonlar bo‘lishgan edi.   Smartfonning yangi talqini metall korpusga ega bo‘lib, texnik imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Ular Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi bilan ta’minlangan.

Texnik jihatlarning kuchaytirilishini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Galaxy J7 (2016) mobil aloqa vositasi 3300 mA soat hamda Galaxy J5 (2016)  3100 mA soat sig‘imdagi akkumulyator batareyalari bilan ta’minlangan.

Smartfonlarning operativ xotirasi 2 GB (J7’ning Xitoy talqini 3 GB)ni tashkil qiladi.

Kameralar o‘zgarmadi, ya’ni gadjetlarda 13 MP bosh hamda 5 MP old kamera mavjud. Har ikkala kameraning LED fotochaqnog‘i mavjud.

Yangi talqindagi Galaxy J5 (2016) 5,2 dyuymli kengaytirilgan, HD (720 x 1280 pikselli) sig‘imli Super AMOLED-displey bilan ta’minlandi. Shuningdek, Galaxy J7 (2016)’da displey hajmi 5.5 dyuym qolgan bo‘lsa ham, uning piksel sig‘imi Full HD (1080 x 1920 pikselli)ga kengaytirildi.

Galaxy J5 (2016)  1,2 GGs chastotada ishlaydigan 4 yadroli protsessor bilan, Galaxy J7 (2016) esa 1,6 GGs chastota, 8 yadroli protsessorga ega. Smartfonlar 16 GB doimiy flesh-xotiraga ega. Shuningdek, 128 Gb.gacha oshirish mumkin bo‘lgan microSD qo‘shimcha xotirani kengaytirish bo‘lmachasi ham mavjud.

Samsung-Galaxy-J7

Mazkur mobil aloqa vositalari 2 SIM-kartali bo‘lib, ular 4G aloqa tarmog‘ida ishlashga mo‘ljallangan. Galaxy J7 (2016) smartfonida NFC yaqin masofada aloqa qilish texnologiyasi tatbiq qilingan.

Galaxy J5 o‘lchamlari 145.8 x 72.3 x 8.1 mm, 159 gramm. Galaxy J7 esa 151.7 x 76 x 7.8 mm, 170 gramm.

GFXBench va Bluetooth SIG smartfonlar imkoniyatlarini baholash tizimlarida ham tekshiruvdan o‘tgan gadjet «o‘rta imkoniyatli» smartfonlar qatoridan o‘rin egallagan.

Koreya bozorida Galaxy J5 254 AQSh dollari, Galaxy J7 bo‘lsa 318 AQSh dollaridan baholanmoqda. Yevropa bozoriga esa gadjetlar 230 hamda 340 AQSh dollaridan savdoga chiqarilishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  «Malika» savdo markazida Samsung Galaxy J5 smartfonining ilk talqini 1,040,000 so‘mdan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!