Samsung Galaxy J3 (2017) modelini sinovdan o‘tkazmoqda

Samsung Galaxy J3 (2017) modelini sinovdan o‘tkazmoqda

Ta’kidlash kerak, Samsung kompaniyasining Galaxy J seriyasidagi smartfonlari arzon narxi va bir muncha kuchli texnik parametrlari bilan xaridorlar orasida yaxshi ommalashgan.

Kuni kecha Hindistondagi import va eksport amaliyotlarini kuzatadigan Zauba  resursida SM-J327P modeli ostidagi yangi Samsung modeli aniqlandi. Ushbu kod Samsung Galaxy J3 (2017) modeliga tegishlidir.

Model shu yilning may oyida Xitoy telekommunikatsiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida (TENAA) paydo bo‘lgan edi. Keyinchalik esa tarmoqda uning renderlari tarqalib ketdi. Shunday bo‘lsa-da, Samsung Galaxy J3 (2017) haligacha sotuvga chiqarilmadi. Zauba saytida ushbu smartfon sinov uchun deb qayd etilgan. Bu esa modelning tez orada taqdim etilishiga ishora qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.