Samsung Galaxy J7 egalari uchun Android'dan xushxabar!

Samsung Galaxy J7 egalari uchun Android'dan xushxabar!

Original Galaxy J7 Samsung'ning uzoq kutilgan Android Nougat operatsion tizimiga yangilash mumkin bo‘lgan hozircha so‘nggi smartfoni bo‘ldi. Agar sizda mazkur model bo‘lsa, hoziroq yangi tizimni yuklab oling.

Galaxy J7 (SM-J700T) egalari o‘z gadjetlari tizimini Android Nougat'ning 7.1.1. talqinigacha yangilab olishlari mumkin. Shuningdek, yangilanish jarayonida smartfondagi xavfsizlik tizimi ham so‘nggi imkoniyatlariga ega bo‘ladi.

Avvalgi tizim bilan taqqoslaganda, Android 7.0 Nougat ogohlantirishlar bilan bog‘liq — ular butun ekran kengligini egallab, dasturga ko‘ra guruhlanadi. Bundan tashqari, yangi operatsion dasturda ogohlantirishlar interfaolligini ta’minlaydigan API, ya’ni qulaylashtirilgan ilova interfeysi joriy qilingan.

Shuningdek, tezkor sozlamalar menyusi optimallashtirildi — ularni ogohlantirishlar bilan birga ochish mumkin bo‘ladi.

Android 7.0 da ikki dasturni bir vaqtning o‘zida ishlatish imkoniyati mavjud. Funksiyani faollashtirish uchun ko‘p vazifalilik tugmasini ushlab turish talab etiladi. Shunda ekran 2 qismga bo‘linadi.

Doze 2.0 quvvatni tejash texnologiyasi ilk bor Android 6.0 da taqdim etilgan edi. Operatsion dastur smartfon qachon ishlatilayotganini va qachon ishlatilmayotganini farqlab, ikkinchi holatda uskunani kutish rejimiga o‘tkazadi. Ekspertlarning fikricha, ikkinchi Doze akkumulyator hayotini 15–20 foizga uzaytiradi.