Samsung Galaxy Note 7 fabletini taqdim etdi

Samsung Galaxy Note 7 fabletini taqdim etdi

Bundan bir necha daqiqa oldin Samsung Electronics AQShning Nyu-York shahrida navbatdagi — Samsung Galaxy Note7’ning tantanali taqdimot marosimini o‘tkazdi. Samsung Electronics kompaniyasining Mobil aloqa biznesi bo‘linmasi prezidenti Ko Don Chjin jamoatchilikni Galaxy Note 7 bilan tanishtirdi.

Ko‘z skaneri, takomillashgan S-Pen qalamchasi kabi texnologik takomillashuvga ega Note 7 jahonning kuchli fableti sifatida Galaxy S7 turkumi bilan birga smartfon bozorida Samsung’ning yetakchiligini ta’minlashi kutilmoqda.

“Galaxy Note 7 mijozlarimizga ilg‘or imkoniyatlarni tuhfa etib, bizning fablet bozoridagi mutlaq peshqadamligimizni mustahkamlaydi. Biz nafaqat katta ekran, balki katta g‘oyalarni ham ishlab chiqaramiz”, dedi prezident.


Dizayn va korpus
Note 7 fableti Note 5 (153.2x76.1x7.6 mm)’ga qaraganda sal “to‘lacharoq”, ya’ni bo‘yicha 153.5, eniga 73.9, korpus yupqaligi 7.9 mm. Og‘irligi esa 169 gramm.

Note7 tashqi va ichki o‘ziga xos jihatlar uyg‘unlashgan zamonaviy flagman. Bu IP68 sertifikatiga ega jahondagi “Note” turkumiga kiruvchi ilk fablet. Ya’ni, 1 metrgacha chuqurlikdagi suv, shuningdek tashqi chang ta’siriga bardoshli gadjet, U bilan birga cho‘milib turib, aloqada ham qolish mumkin.

Mobil telefon apparatining metalldan tayyorlangan va romlari orqa va old tomonidan Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan simmetrik ravishda bekitilgan. Korpus yaxlit tuzilishga ega va akkumulyatorni faqatgina xizmat ko‘rsatish markazida almashtirish mumkin. Uning yassi korpusli talqini ham ishlab chiqarilishi ma’lum qilingan.

The Galaxy Note7 marjon rang ko‘k, qora platinum, kumush titan va qora oniks rangli talqinlarda ishlab chiqariladi.

Ekran
Note7 fableti 5.7 dyuymli ulkan va nafis ekranga ega. Super AMOLED platformasida ishlaydigan ekranning har ikki tomoni “edge” turkumidagi gadjetlar kabi yon tomonga bukig. Ekran QHD (har dyuymda 518 piksel!!!) sig‘imli. Bu HDR sig‘imni, ya’ni 4K televizorlar kabi ranglarni yanada boy va yuqori kontrastda ko‘rsatadigan, jonli efirlarni HDR texnologiyada ko‘rsatish ko‘nikmasiga ega ilk mobil ekrandir.

O‘ziga xos jihatlar
S Pen qalamchasi yordamida Always on — ekranning muntazam faol qismiga turli qaydlarni yozib qo‘oldirish mumkin. Hatto suv ostida ham! Shuningdek, fablet ekranidan matnni kattalashtirib ko‘rsatadigan zarrabin sifatida ham foydalanish mumkin. Fablet avval aytilganidek, matnlarni tezkor tarjima qilish, GIF formatdagi surat olish qobiliyatiga ega.

Galaxy Note7’da mobil texnologiyalar uchun xavfsizlik tizimi yaratuvchi Samsung Knox kompaniyasi ishlab chiqqan biologik sensorlar yordamida xavfsizlik yuqori darajada ta’minlangan. Uning tizimiga kirish uchun ko‘zning rangdor pardasini skanerdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Shuningdek, mablag‘ni boshqarish, telefon xotirasidagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda barmoq izlari orqali kirish tizimini o‘rnatish mumkin.

Quvvat manbai
Galaxy Note7 USB Type-C turidagi universal porti mavjud Samsung’ning ilk smartfoni. Ushbu port orqali smartfonni yo‘l-yo‘lakay va tezkor quvvatlash mumkin. Shuningdek, gadjetda simsiz tezkor quvvatlash tizimi ham o‘rnatilgan. Uning akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3,500 mA soat. Ya’ni, S7 edge’nikidan 100 mA soatga kichik.


Kamera
Bosh kamera 12 MP va uning ob’yektivida ham Galaxy S7 smartfonlari kabi qo‘sh-pikselli texnologiya tatbiq etilgan. Uning diafragma hajmi f/1.7 bo‘lib, suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Bu kamerada 2160p (4K) sig‘imli video yozish mumkin. Uning oldingi kamerasi ham S7’dan olingan, diafragma hajmi f/1.7 va 5 MP sig‘imli suratlar oladi. Kameralar yorug‘lik past sharoitda ham sifatli surat oladi.


Ichki platforma
Note7 juda kuchli ichki imkoniyatlarga ega. Unga hudud va mintaqadan kelib chiqib, eng ilg‘or Snapdragon 820 yoki Exynos 8890 protsessorlarii, 4 GB tezkor xotira, 64 GB doimiy ichki xotira, 256 GB.gacha fleshkani o‘qiydigan microSD xotirani kengaytirish bo‘lmachasi o‘rnatilgan.
Shuningdek, Galaxy Note7 foydalanuvchilari Samsung’ning Cloud (bulutli) ma’lumotlarni saqlash xizmatidan 16 GB bepul xotira maydonchasiga ega bo‘lishadi.

Nega “Note 7″? ” Note 6″ qayerda qoldi?
So‘nggi vaqtlarda smartfon bozoridagi raqobatda har bir dalil muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Ayniqsa, raqamlar! Samsung Apple taqdim etishni reja qilayotgan iPhone 7’ning “kushandasi” sifatida e’tirof etilgan Note 7’ni oldinroq namoyish qildi. Va, marketing jihatdan, shuningdek “7” raqamining azaldan omad keltirishiga ishonib “6”ni tashlab ketdi.

Galaxy Note7 19 avgustdan boshlab xalqaro bozorda 750-800 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!