Samsung Galaxy Note 7 nega yonganiga aniqlik kiritdi

Samsung Galaxy Note 7 nega yonganiga aniqlik kiritdi

Bugun Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi shu yilning avgust oyida taqdim etilib, jiddiy nosozlik tufayli yonib keta boshlagan va oxir-oqibatda ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Galaxy Note 7 fabletining yonib ketish sabablarini rasman e’lon qildi, deb yozmoqda hi-tech.mail.ru.

Bir necha oy mobaynida davom etgan tadqiqotda 700 nafardan ortiq mutaxassis 200 mingta telefon va 30 mingta batareyani o‘rganib chiqqan. Shuningdek, Samsung bu borada boshqa mustaqil kompaniyalarning xizmatiga ham murojaat qilgan.

Xulosa

Tadqiqot natijasida fabletga o‘rnatilgan ikki turdagi batareyaning konstruksiyalarida defekt borligi aniqlangan. Birinchi partiyadagi batareyalar nosoz manfiy elektrodlar bilan chiqarilgan bo‘lsa, ikkinchi partiya esa ishlab chiqarish jarayonidagi kamchiliklar tufayli brak holatda yetkazib berilgan.

Kelajakda yana bunday noxush holat takrorlanishining oldini olish maqsadida Samsung sohadagi ilg‘or konsultantlar yordamida batareyalarni qurilmada sinash bo‘yicha 8 pog‘onali test jarayonini joriy qilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!