Samsung: Galaxy Note 7 xaridorlariga Galaxy S8 yoki Galaxy Note 8 uchun 50% chegirma beriladi

Samsung: Galaxy Note 7 xaridorlariga Galaxy S8 yoki Galaxy Note 8 uchun 50% chegirma beriladi

Avvalroq internet tarmog‘idagi nashrlarda Janubiy Koreya firmasining Galaxy Note 7 modelini xarid qilgan mijozlar uchun muayyan konpensatsiya dasturi ishlab chiqilayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Bugun Sammobile saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 7 smartfonini xarid qilib, uni chaqirib olish dasturi bo‘yicha Galaxy S7 Edge yoki Galaxy S7 modellariga almashtirgan xaridorlarga keyingi yilda chiqadigan Galaxy S8 yoki Galaxy Note 8 smartfonlarini 50%lik chegirma bilan sotib olish imkoniyati taqdim etiladi. Xabarda yozilishicha, hozircha mazkur chegirma dasturi faqat Janubiy Koreya iste’molchilari uchun e’lon qilingan.

Ushbu chegirma dasturi 30 noyabrgacha amal qiladi, aniqrog‘i mazkur sanagacha o‘zlarining Galaxy Note 7 markasidagi smartfonlarini chaqirib olish dasturi bo‘yicha Galaxy S7 Edge yoki Galaxy S7 modellariga almashtirgan xaridorlargagina bunday xarid imkoniyati beriladi.

Hozircha mazkur chegirma dasturi boshqa mamlakatlarda ham yo‘lga qo‘yilishi borasida aniqlik ma’lumot mavjud emas.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktyabr kuni Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi borasida rasman ma’lum qilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!