Samsung Galaxy Note 8: fazoviy dizayn, yupqa rom va 4 ta kamera

Samsung Galaxy Note 8: fazoviy dizayn, yupqa rom va 4 ta kamera

Samsung’ning yangi Galaxy Note 8 fabletiga oid ma’lumotlar insayderlar tomonidan allaqachon ma’lum qilib kelinmoqda. Bundan ilhom olgan DBS Designing studiyasi bo‘lajak ilg‘or gadjetning renderlarini tayyorlab, jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Suratlarga ko‘ra, Galaxy Note 8 o‘xshash jihatlari bilan “qarindoshi” bo‘lgan Galaxy S8 dizaynini eslatib yuboradi. Biroq, gigant o‘lchamli fabletda displey qamrovi yanada keng. Fablet renderlariga ko‘ra, uning orqa panelida qo‘sh ob’yektivli bosh kamera mavjud. Nihoyat, bu gal Samsung barmoq izlari skanerini S8’dagi kabi bir chekkaga emas, kamera modullari ostiga — korpus markaziga o‘rnatmoqchi ko‘rinadi.

O‘ziga xosliklari
Smartfon Android 8.0 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Gap-so‘zlarga ko‘ra, flagmanda 6,4 dyuymli QHD yoki 4K sig‘imli displey hamda Snapdragon 835 (hududidan kelib chiqib, Exynos bo‘lishi ham mumkin) protsessori, 6 gigabaytli tezkor xotira va 128 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatiladi.

Bosh kameraga har biri 16 Mp sig‘imli sensor o‘rnatiladi. Yana bir o‘ziga xos jihati shuki — old kamera ham har biri 13 megapikselli sensor bilan ta’minlanadi.

Samsung Galaxy Note 8 uchun elektr sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan batareya tayyorlangan. Fablet 2017 yilning 2-yarim yilligida, aniqrog‘i kuzda taqdim etilishi mumkin.

Fabletning 2017 yilning 2-yarim yilligida, ya’ni Apple’ning yangi — iPhone 8 flagmani bilan bir vaqtda taqdim etilishi kutilmoqda. Bu orqali koreyalik IT-gigant amerikalik ashaddiy raqibiga smartfon bozorida jiddiy zarba bermoqchi. Biz esa kuzatib, so‘ng sizga ma’lum qilishda davom etamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.