Samsung Galaxy Note 8'ning rasmiy surati e’lon qilindi

Samsung Galaxy Note 8'ning rasmiy surati e’lon qilindi

Shu vaqtga qadar Samsung Galaxy Note 8 smartfonining Midnight Black (qora), Maple Gold (tilla) hamda Deep Sea Blue (ko‘k) rangli talqinlari tasvirlangan suratlar internet tarmog‘ida e’lon qilingan edi.

Insayder Evan Bless (Evan Blass) taqdimotga bir necha soat qolganida fabletning Orchid Gray, ya’ni kulrangli talqini aks etgan rasmiy suratni ham sahifasida e’lon qilishga ahd qildi.


Samsung Galaxy Note 8 flagmanining anonsi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Bahosi 940 AQSh dollaridan boshlanadigan Samsung Galaxy Note 8'ga avvaldan buyurtma berganlarga AQShda bonus sifatida 256 gigabaytli fleshka, simsiz quvvatlash qurilmasi yoki Gear 360 kamerasi sovg‘a qilinadi. Yevropalik xaridorlarga esa DeX stansiyasi, Nemonic ixcham printeri, Gear VR shlemi va pulti, svetodiodli g‘ilof yoki 5100 mA•soat sig‘imli mobil akkumulyator sovg‘a qilinadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.