Samsung: "Note 8 olgan ilk suratlar galereyasini tomosha qiling"

Samsung:

O‘tayotgan haftada Samsung kompaniyasi taqdim qilgan 8-avlod Galaxy Note gadjeti nafaqat 6,3 dyuymli Infinity Display dizaynidagi va romdan xoli Quad HD+ sig‘imli ekrani, shu bilan birga, qo‘sh ob’yektivli bosh kamerasi bilan ham diqqatga sazovor.

Aytish joizki, Galaxy Note 8 kompaniyaning ilk qo‘sh sensorlari bosh kameraga ega bo‘lgan smartfoni. Unga 2 ta 12 megapikselli -- keng burchak ostida suratga oluvchi hamda telefoto sensorlari o‘rnatilgan. kamerada 3 karralik yaqinlashtirish, orqa fonni g‘ira-shira qilib tasvirga olish texnologiyalari joriy qilingan.  

f/1.7 hajmli yorug‘lik linzalariga ega sensorlar, shuningdek Dual Pixel, optik barqarorlashtirish texnologiyalari bilan ham ta’minlangan. Ularning har biri alohida surat olishi ham mumkin.

Galaxy Note 8 selfi-kamerasi uchun 8 MP sig‘imli, diafragmasi f/1.7 bo‘lgan, avtofokus funksiyasiga ega modul tanlangan.

Galaxy Note 8 kamerasining yana bir ahamiyatli jihati bor -- undagi bosh kameradan o‘rin olgan har ikkala sensor ham suratni optik barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lgan. Jahondagi biror bir qo‘sh ob’yektivli flagman bugungacha mazkur texnologiyaga ega bo‘lmagan.

Quyida Samsung'ning kenja flagmanida olingan suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

"Ekshn" -- harakat chog‘ida olingan suratlar

Yorug‘lik past sharoitda olingan suratlar

Tabiat qo‘ynida 

Eslatib o‘tamiz, Galaxy Note 8 sentyabr oyi o‘rtalarida jahon bozoriga "qora brilliant", "sariq topaz" (yaltiroq qimmatbaho tosh), "moviy sapfir" rangli korpuslarda 1,185 AQSh dollari narxida sotuvga chiqariladi.




Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.