Samsung Galaxy Note7: innovatsiya, ilhom va imkoniyat

Samsung Galaxy Note7: innovatsiya, ilhom va imkoniyat

O‘tgan oyning boshida AQShning Nyu-York shahrida global taqdimoti o‘tkazilgan Samsung Galaxy Note7, shubhasiz, foydalanuvchilar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, kompaniyaning Note seriyasidagi har bir fablet o‘ziga xos yangiliklar, kuchaytirilgan funksiyalar, ajoyib dizayn va takomillashgan ekran bilan barchaning e’tiborini tortib kelgan.

Bu galgi tavsifda biz aynan mana shu fabletning imkoniyatlari, texnik parametrlari, apparat va dastur qismiga tegishli yangiliklari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.

Aytmoqchi, terabayt.uz mazkur tavsifni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, Samsung Galaxy Note7 smartfonidan foydalangan holda o‘tkazmoqda. Buning uchun biz kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga o‘z minnatdopchiligimizni bildiramiz.

Parametrlar:

Gabaritlari 153.5 x 73.9 x 7.9 mm
Og‘irligi 169 g.
Tarmoq GSM / HSPA / LTE
OT Android OS, v6.0.1 (Marshmallow)
Protsessor Exynos 8 Octa 8890/Snapdragon 820
Grafika Mali-T880 M12/Adreno 530.
Displey Super AMOLED, 5,7″, 2560 × 1440 nuqta, 518 ppi
Tezkor xotira 4 GB (LPDDR4)
Doimiy xotira 64 GB  (UFS 2.0)
Kamera Asosiy — 12 MP OIS (f/1,7), video yozish – 4K, old — 5 MP (f/1,7)
Akkumulyator 3500 mA/soat
Interfeys Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2.4/5GGs), MIMO(2×2) 620 Mbayt/s, Bluetooth 4.2, ANT+, USB Type-C, NFC, microSD (gibrid), 3,5 mm audio-slot
Sensorlari Barmoq va ko‘z yoy pardalari skaneri, giroskop, geomagnit, barometr, puls sensori, yaqinlik va yorug‘lik datchiklari

Dizayn va elementlar joylashuvi

Dizayn masalasida kompaniya Samsung Galaxy Note5 fabletidan boshlab gorizontallikdan vertikallikka qarab ketmoqda. Menimcha, bu to‘g‘ri yondashuv. Sababi fabletning ilk, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi avlodlari gorizontal jihatdan kengroq bo‘lgan va bu fabletdan foydalanishni biroz qiyinlashtirgan. Samsung Galaxy Note 7 ergonomik tomondan ancha takomillashgan, fabletni qo‘lingizga olganingizda uning “qo‘polligini” umuman his qilmaysiz. Fablet yirik ekranga egaligiga qaramasdan qo‘lda qulay joylashadi. Ishlatilgan materiallar borasida fablet  Galaxy S7 Edge smartfonidan katta farq qilmaydi. Buni hatto iFixit texnojamoasining mutaxassislari ham apparatni bo‘laklarga ajratish chog‘ida tasdiqlashgan.

Galaxy S7 Edge va Galaxy Note7

Galaxy Note7 ham S7 Edge kabi ikki tomondan yon ekranlarga ega. Bu nafaqat dizayn borasida juda innovatsion ko‘rinadi, balki ma’lum servis va ilovalardan foydalanishda katta qulayliklar yaratadi.

Samsung Galaxy S7 Edge haqida batafsil tavsif: 

Galaxy S7 EDGE: Samsung’ning texnologik «shoh asari»

Galaxy S6/ S6 Edge smartfonlaridagi shisha va metall uyg‘unligi o‘zining barqarorligini isbotlamagan shekilli, fabletning orqa paneli plastikdan tayyorlangan, ramka qismi esa metalldan (aviatsion alyuminiy) ishlangan.

20160830_150840

20160830_145751

Apparatning tashqi qismida USB Type C standarti qo‘llanilgan. Darvoqe, Galaxy Note7  bunday standart qo‘llanilgan dunyodagi ilk smartfon hisoblanadi. Shuningdek, kameralar datchiklari orasida ko‘z yoy pardasini skanerlaydigan oyna ham paydo bo‘lgan. Bu haqda batafsil quyida to‘xtalamiz. Qolgan elementlarga kelsak, boshqa Note fabletlarida bo‘lgani kabi smartfonning quyi o‘ng burchagida S Pen stilusi joylashgan. Boshqa tugma va elementlar o‘zining konservativ o‘rnida qolgan. Faqat asosiy tugma avvalgi smartfonlarga qaraganda korpus bilan bir tekis joylashganligi bois undan foydalanish yanada qulaylashgan.

20160830_145249 20160830_145454 20160830_145449 20160830_145402

SIM-karta sloti gibrid formatda. Qurilmaga 2 ta sim-karta yoki bitta sim-karta va micro-SD xotira chipini o‘rnatish mumkin.

Telefon IP68 standarti bo‘yicha himoyalangan bo‘lib, suv va changga chidamli. Mazkur standart Galaxy S7/S7 Edge smartfonlariga ham qo‘llanilgan.

Dipley

Galaxy Note7’ning ekrani 5,7 dyuym kattalikda bo‘lib, o‘z turkumidagi boshqa fabletlar singari
Super AMOLED texnologiyasida yaratilgan. Note7’ning ekrani Galaxy S7 Edge ekranidan bor-yo‘g‘i 0.2 dyuymga yirikroq, xolos. Note5 bilan ekran o‘lchamida umuman farq yo‘q. Biroq Galaxy Note7 ekrani yangi avlod Corning Gorilla Glass 5 tasnifidagi himoyaga ega bo‘lib, tashqi ta’sirlarga bo‘lgan chidamliligi boshqa smartfonlarga nisbatan ortganligini qayd etish mumkin.

Displey  Quad HD aniqlik darajasida (ayni paytda mazkur standart global smartfonlar bozorida eng so‘nngi yechimlardan sanaladi), har bir dyuymda 518 ta piksel mavjud (ppi).

Kompaniya ushbu model ekraniga ko‘k nur filtri nomli funksiyani ham qo‘shgan. Ushbu filtr yordamida displeydan chiqadigan zararli ko‘k nurlarni bartaraf etish mumkin. Ayniqsa, bu funksiya telefondan qorong‘i sharoitlarda foydalanganda juda qo‘l keladi. Foydalanuvchi filtrni osonlik bilan bildirishnomalar panelidan faollashtirishi mumkin.

Gadjet ekranidagi yana bir xususiyat – AOD (Always On Display) funksiyasi. Mazkur yangi innovatsiya ilk marta Galaxy S7/S7 Edge flagmanlarida tanishtirilgan (ammo aslida aynan mana shunga o‘xshash yangilik ilk marotaba Nokia telefonlariga qo‘llanilgan. Ammo u umuman boshqa operatsion tizimda ishlagan). Haqiqatdan ham,  AOD telefonni yoqmasdan vaqt, sana, kalendar kabi parametrlarni qo‘rishda foydalanuvchiga katta qulaylik yaratadi. Galaxy Note 7’da esa  AOD yanada takomillashtirilgan. Endi ekranga foydalanuvchi qisqa matn qo‘shishi va  yangi maketlardan foydalanishi mumkin. So‘nggi yangiliklarga qaraganda AOD (Always On Display) uchun tez orada Galaxy Apps do‘konida mavzular ham paydo bo‘ladi.

 

Без названия file done

 

Displey xususiyatlari haqida, shuningdek, avvalgi tavsiflarning birida ma’lumot berib o‘tgandik.

Kamera

Galaxy Note7 kameralari Galaxy S7/S7 Edge flagmanlaridan katta farq qilmaydi. Asosiy kamera – 12 MP, old kamera esa 5 MP, diafragma har ikkala kamerada – f1,7. Piksel o‘lchami esa 1,4 mkm. Kameralar optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega, asosiy kamera orqali 4K aniqlik darajasidagi videolarni yozib olish mumkin, old kameradan esa 1440p aniqligidagi video yozish imkoniyati mavjud. Chindan ham gadjetning kamerasi tahsinga sazovor. Kompaniya gadjetning aynan mana shu qismiga Galaxy S7/S7 Edge flagmanlarida ham katta e’tibor qaratgan edi. Shu sababli Galaxy Note7 fabletida bu o‘z samarasini berdi. Eng qizig‘i, endi old kamerada ham HDR rejimdan foydalanish mumkin. HDR texnologiyasi kam yoritilgan sharoitda yorqin fotolarni olishga ko‘maklashadi.

screenscreen2

Kamerani asosiy tugmani ikki marta bosish orqali osonlik bilan ishga tushirish mumkin. Bundan tashqari, yuqoriga va pastga surish yordamidi asosiy va old kameralar orasida almashish mumkin. Rasmga olish rejimlarini esa o‘ng yoki chapga surib chaqirsa bo‘ladi. Bunday kichik, ammo ahamiyatli yangiliklar kameradan foydalanish jarayonini ancha osonlashtiradi.

screen3 screen4

Qurilma kamerasi orqali olingan suratlar:

 

Telefon LG G5’dagi singari keng burchakli linzalar yoki HTC 10 smartfonidagi kabi old kamerada OIS (optik barqarorlashtirish) funksiyasiga ega bo‘lmasa-da, lekin uning old kamerasi hozircha 2K aniqligida video yozishga qodir jahondagi yagona apparatdir.

Ko‘z pardasi skaneri

Galaxy Note7 ko‘z yoy pardasi yordamida himoyalangan jahondagi ilk smartfon bo‘ldi. Samsung o‘z qurilmalariga yangi usulda ishlaydigan biometrik himoya texnologiyasini tatbiq qildi.  Ko‘z yoy pardasiga tegishli biometrik ma’lumotlar smartfonga kiritilgach (buni smartfon avtomatik tarzda bajara oladi), telefonni blokdan chiqarish uchun ko‘z pardasi skaneridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Skaner katta aniqlikda ishlaydi, hatto qorong‘i sharoitda ham u sizni taniy oladi. Yangi himoya metodi, nazarimda, barmoq izi skaneridan tezroq ishlaydi, Har holda telefonni blokdan chiqarish uchun barmoqni telefongi qo‘yish shart emas, shunchaki telefonga nigoh tashlashning o‘zi kifoya.

screen5 screen6

Shu bilan birga ushbu himoya usulidan nafaqat telefonni blokdan chiqarishda, balki veb-saytlar va Samsung hisob qaydnomasiga kirishda parol o‘rnida foydalansa ham bo‘ladi.

Ko‘z pardasi skaneri uchun niqoblar maketi ham ishlangan. Sozlamalarda o‘zingizga yoqqan maketni tanlashingiz mumkin.

20160830_152451

Agar telefon ko‘z yoy pardasi orqali ochilmasa (bunday bo‘lishi aslida juda qiyin), u bilan bir vaqtda o‘rnatilgan parol, chizma yoki pin-kod yordamida blokdan chiqarish opsiyasidan foydalanish mumkin

Dastur va S Pen

Galaxy Note seriyasidagi telefonlarning dasturida S Pen stilusi funksiyalariga alohida o‘rin ajratiladi. Fabletdagi yangi interfeys boshqa elementlarga hamohang tarzda yaratilgan. Qurilma Android operatsion tizimining Marshmallow versiyasida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi tez orada fablet yangi Android Nougat versiyasiga yangilanishi haqida xabar bergan.

screen7 screen8

S Pen stilusi ham qurilma qismida ham dastur qismida sezilarli darajada takomillashgan. Sterjen 0,7 millimetrga ingichkalashgan. Tegish gradatsiyasi avvalgi o‘tmishdoshlaridan ikki marta oshirilgan.

Endi o‘chiq ekranda ham stilusni uyasidan chiqarib, turli qaydlarni ekranga yozish mumkin. Bu, ayniqsa, shoshilinch holatlarda juda qo‘l kelishi tabiiy.

screen9 screen10

Stilus menyulari deyarli o‘zgarmagan. Biroq endi ushbu menyuga boshqa ilovalarga qarashli yorliqlarni ham qo‘shish mumkin. Bu narsa tez-tez ishlatiladigan ilovalarga kirishni osonlashtiradi. Shuningdek, kesib olingan sohalardan stilus orqali GIF-animatsiya yaratish imkoniyati ham mavjud.

Yana bir yangilik: endi smartfondagi Translate funksiyasi orqali stilus bilan belgilangan xorijiy tildagi so‘zlarni tarjima etish mumkin.

Akkumulyator

Smartfon 3500 mA/soat sig‘imidagi batareya bilan quvvatlangan. Albatta, ishlab chiqaruvchi fablet akkumulyator sig‘imini yanada kuchaytirishi mumkin edi. Biroq u holda qurilma dizayni umuman boshqacha qiyofaga kirarda. Har holda bunday sig‘imli batareya fabletning bir kunlik mehnatiga yetadi.

Samsung o‘zining so‘nggi flagmanlarida batareya quvvatini tejash texnologiyalari yordamida akkumulyator samaradorligi sezilarli darajada oshirgan. Qurilmaning sozlamalarida ham aynan quvvatni optimallashtirish funksiya ham ko‘zda tutilgan. Ushbu sozlamalar menyusida quvvatdan foydalanish rejimlarini tanlasa bo‘ladi.

screen11 screen12

Shuningdek, quvvatni tejash maqsadida ekranning aniqlik darajasini tushirish mumkin. Masalan, o‘rta darajadagi tejamkorlik rejimida ekran FHD aniqligida ishlasa, maksimum quvvat tejash rejimida aniqlik HD formatiga o‘zgaradi. Shu orqali qurilmaning quvvati yanada optimallashtiriladi.

Yana bir qulaylik, qurilmaga tatbiq etilgan USB Type C porti yordamida uni ancha tezroq zaryadlash imkoniyati mavjud. Zaryadlanish vaqti Galaxy S7 bilan deyarli bir xil.

Xulosa

Shubhasiz, Samsung Galaxy Note7 2016 yilda yaratilgan eng kuchli fablet hisoblanadi. Uning texnik parametrlari eng so‘nggi innovatsiyalar asosida shakllantirilgan. Ayniqsa, ko‘z yoy pardasi skaneri, USB Type C kabi yangiliklar kishining diqqatini tortishi tabiiy. Kompaniya mazkur seriyadagi fabletlarni, asosan, biznes va fan sohasiga aloqador foydalanuvchilarga pozitsiyalaydi. Chunki katta ekran, stilus, kuchli protsessor va akkumulyatorga ega bunday qurilma smartfonni faol ishlatadigan foydalanuvchilarga juda qo‘l keladi. Umuman aytganda, Galaxy Note seriyasiga ortiqcha ta’rifning hojati yo‘q. Ushbu seriyadagi fabletlar dunyo bozoridagi muvaffaqiyati bilan o‘zining qay darajada samarali ekanligini isbotlab bo‘lgan.

Yangilash (10 sentyabr,  2016 yil):   Ayni paytda Galaxy Note7 telefonlariSamsung tomonidan qaytarib olinmoqda.  Bunga smartfon akkumulyatorining ba’zi holatlarda yonib ketayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Yangilash (11 oktyabr, 2016 yil): Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarining savdosini rasman to‘xtatdi. Ushbu markadagi barcha sotilgan qurilmalar qaytarib olinadi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Bmbox.com $850 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!