Samsung Galaxy Note7 zaryadlash vaqtida yonib ketdi

Samsung Galaxy Note7 zaryadlash vaqtida yonib ketdi

Shu oyning boshida taqdim etilgan Samsung kompaniyasining  Galaxy Note7 fableti zaryadlash paytida yonib ketdi. Yongan fabletning surati Xitoyning Baidu resursida chop etilgan.

Fablet egasi uni silikon g‘ilofda, USB-microUSB kabeli va USB Type-C konnektori yordamida zaryadlagan. Telefon rozetka, kompyuter yoki tashqi akkumulyatordan zaryadlangani to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. To‘satdan Samsung Galaxy Note 7 yonib ketgan, silikon g‘ilof erib, ekran, korpus va boshqa qismlarga zarar yetgan.

Suratdan ko‘rinib turibdiki, telefonni zaryadlashda original bo‘lmagan kabeldan foydalanilgan. Telefonning yonishiga quyidagi holatlarni sabab sifatida keltirish mumkin:

  • Juda yuqori kuchlanish;
  • Tashqi omillar ta’sirida yuzaga kelgan parallel qizish;
  • Original bo‘lmagan aksessuarlar;
  • Zaryadlash paytida telefondan foydalanish;
  • Qisqa tutashuvga suv tushishi.

Samsung telefonlarning foydalanuvchi yo‘riqnomalarida mos bo‘lmagan zaryadlash qurilmalaridan foydalanmaslikka chaqiradi. Telefonni quvvatlashda faqat Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlardan foydalanish kerak.

Ushbu holat yuzasidan elektron nashrlarga fikr bildirgan ekspertlar, muammo smartfonda emasligiga ishonmoqdalar. Hamma gap o‘tkazgichda. Chunki bunday yirik telefonni zaryadlash uchun katta quvvatli tok kuchi zarur bo‘ladi. Biroq adapter bunday tok bilan smartfonni ta’minlamagan. Smartfon tokka bevosite emas, balki o‘tkazgich orqali yuborilgani sababli, avval o‘tkazgichdagi arzon materiallardan qilingan qismlar, so‘ng esa smartfonning g‘ilofi yonib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu esa o‘z-o‘zidan smartfonning yonishiga olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bunday holatlar kompaniyaning avvalgi modellari bilan ham sodir bo‘lgan. Biroq ularning deyarli hammasi foydalanuvchilarning ehtiyotsizligi yoki beparvoligi tufayli yuz bergan.

download (1) download (2)

download (3)

download (4)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!