Samsung Galaxy qurilmasida boshlang‘ich proshivkani tiklash mumkinmi?

  •   Saroy
  •  1493
  •  17.05.2018 16:26

Samsung Galaxy qurilmasida boshlang‘ich proshivkani tiklash mumkinmi?

 Samsung Galaxy lineykasida chiqadigan qurilmalarda boshlang‘ich proshivka (stokovuyu proshivka)ni tiklashni o‘rganish, ya’ni qurilmani zavoddan chiqqan holatga keltirishning bir nechta usullari bor.

Ushbu usullarni qo‘llasangiz gadjetingizga kostom proshivkani ko‘ngildagidek o‘rnata olmaganingizda yoki qurilmada ishlayotganingizda paydo bo‘ladigan muammolardan qutilmoqchi bo‘lganingizda uni yana soz holatiga keltirib yuborasiz. Shuningdek, apparatingizni PO ning so‘nggi versiyasiga yangilab ham olishingiz mumkin.

 Bularning barchasi mutlaqo xavfsiz!

Bu usul Windows uchun juda qulay bo‘lgan Odin utilitidan foydalanishni nazarda tutadi. Agar u bilan tanish bo‘lmasangiz xavotir olmang. Quyidagi yo‘riqnoma tufayli siz Odin orqali proshivkani muvaffaqiyatli tiklash uchun nima zarurligini bilib olasiz.

O‘QING: Haqiqiy Samsung Galaxy telefoni qanday bo‘ladi?

Shuni ham esda saqlangki, qurilmangizning ichki xotirasida  saqlanayotgan barcha ma’lumotlar o‘chib ketadi. Shuning uchun jarayonni boshlashdan oldin ularni kompyuterga saqlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Shuningdek, sms, aloqalar, mediafayllar va boshqa ko‘p ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib qo‘yishingiz mumkin.

Samsung kompaniyasining Android-qurilmalarini qayta tiklash jarayoniga qanday tayyorlanish mumkin: Gadjetni to‘liq quvvatlantiring. Kompyuterga USB-drayverni o‘rnating. Shu havola bo‘yicha Odin utilitini yuklang va PK da qulay joy topib arxivni oching.

 Gadjetingizga rasmiy proshivkani yuklang. Buning uchun hammasidan ko‘ra, Samsung-Updates.com sayti to‘g‘ri keladi: “select Device” bo‘yicha yon menyu kliki va qurilmangizning modeli ro‘yxatini tanlaymiz. Keyingi sahifada ushbu model uchun proshivkalar ro‘yxati paydo bo‘lishi kerak, ular sana bo‘yicha tartibga keltirilgan bo‘ladi, ya’ni eng yangisi tepadan boshlanadi. Siz yashayotgan hudud proshivkasini topasiz, (masalan, Rossiya=SER, Ukraina=SEK kabi), so‘ngra yuklashga o‘tamiz, buning uchun tanlangan dastur ta’minoti qarshisidagi “Download” tugmasini bosasiz. Endi sahifadagi sariq tugmalarni bitta-bittalab bosib chiqish kerak.

O‘QING: Samsung smartfonini kompyuter orqali qanday yangilaymiz?

 Shunday qilib, hammasi tayyormi? Drayverni o‘rnatib, kompyuterni qayta yoqdingizmi? Odin dasturi arxivi va proshivkani ochdingizmi? Smartfon va planshet quvvatlanganmi? Unda boshladik!

Yo‘riqnomaga e’tibor bilan yondoshing, shunday qilsangiz 15 daqiqada yangi dastur ta’minoti o‘rnatilgan apparatni qo‘lingizga olasiz.

  1. 1. Komryuterga Odin’ni qo‘shing.
  2. 2. Mobil qurilmangizni yuklash rejimiga keltiring (Download Mode). Buning uchun uni yoqamiz, keyin navbati bilan “Gromkost vniz”, “Domoy” va “Pitaniya“ tugmalarini bosamiz. So‘ngra davom ettirish uchun bir marta “Gromkost vverx” tugmasini bosamiz.
  3. 3. Gadjetingizni USB-kabeli orqali kompyuterga ulang.
  4. 4. Odin dasturi qarshisida yoqilgan portda moviy olov ko‘rinsa, “AP”tugmasini bosamiz va proshivka faylini tanlaymiz, uni siz avvaldan yuklab qo‘ygan bo‘lishingiz lozim.
  5. 5. Proshivkani tekshirish uchun Odin utilisi bir necha daqiqa kerak bo‘ladi. U tayyor bo‘lganda oynaning pastida turgan “Start” tugmasini bosamiz.
  6. 6. Jarayon tugagandan keyin qurilma avtomat ravishda qayta yoqiladi.
  7. 7. Bir necha daqiqadan so‘ng boshlang‘ich nastroykali ekranni ko‘rishingiz kerak, unda interfeys tilini tanlashingiz, tarmoqqa ulanishingiz, akkauntni qo‘shishingiz va boshqa kerakli harakatlarni amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Bor gap shu!  Endi gadjetingizga havo orqali rasman yangilangan boshlang‘ich proshivka o‘rnatildi.

O‘QING: Android 9 tizimining kodli nomi aniqlandi

Manba: galaxy-droid.ru

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!