Samsung Galaxy S7 Edge inson sog‘ligi uchun eng xavfsiz smartfon deb topildi

Samsung Galaxy S7 Edge inson sog‘ligi uchun eng xavfsiz smartfon deb topildi

Ma’lumki, har qanday radiomodul bilan jihozlangan mobil qurilma o‘zidan elektromagnit nur chiqaradi. Ushbu hodisa, asosan, telefondan faol gaplashganda odam salomatligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Elektromagnitli nurlar bilan bog‘liq xatarlar mutaxassislar tarafidan ko‘p bora esga olingan.

Yaqinda PhonAndroid resursi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida Samsung Galaxy S7 Edge smartfoni inson salomatligi uchun eng zararsiz qurilma deb topilgan. Inson tanasiga yutiladigan elektromagnitli energiyaning solishtirma koeffitsiyenti mazkur smartfonda bir soniyaga 0,264 Vt/kilogrammni tashkil qilgan. Qizig‘i shundaki, telekommunikatsiyada ushbu ko‘rsatkichning maksimal birligi – 1,6 Vt/kg etib belgilangan.

Mazkur yo‘nalishda iPhone 7 va iPhone 7 Plus modellari Galaxy S7 Edge smartfonidan bir necha marta yuqori ko‘rsatkichni (salbiy) qayd qilgan (1,38 Vt/kg va 1,24 Vt/kg).

Eng kam elektromagnitli energiya chiqaradigan smartfonlar o‘nligi:

  1. Samsung Galaxy S7 Edge (0,264 Vt/kg).
  2. Asus ZenFone 3 (0,278 Vt/kg).
  3. Samsung Galaxy A5 2016 (0,290 Vt/kg).
  4. Lenovo Moto Z (0,304 Vt/kg).
  5. OnePlus 3 (0,394 Vt/kg).
  6. Samsung Galaxy S7 (0,406 Vt/kg).
  7. HTC 10 (0,417 Vt/kg).
  8. Sony Xperia XA (0,473 Vt/kg).
  9. Honor 5X (0,560 Vt/kg).
  10. Samsung Galaxy A3 2016 (0,621 Vt/kg).

Eng ko‘p elektromagnitli energiya chiqaradigan smartfonlar o‘nligi:

  1. Honor 8 (1,5 Vt/kg)
  2. Huawei P9 (1,43 Vt/kg)
  3. Apple iPhone 7 (1,38 Vt/kg)
  4. Apple iPhone 7 Plus (1,24 Vt/kg)
  5. Honor 5C (1,14 Vt/kg)
  6. Sony Xperia X Compact (1,08 Vt/kg)
  7. Sony Xperia XZ (0,870 Vt/kg)
  8. LG G5 (0,737 Vt/kg)
  9. Apple iPhone SE (0,720 Vt/kg)
  10. Sony Xperia X (0,720 Vt/kg)

Ta’kidlash kerak, yuqoridagi barcha smartfonlar AQShning Federal aloqa agentligining mavjud me’yorlariga to‘liq mos keladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!