Samsung Galaxy S7 va Galaxy Note 5’da musiqa uchun ikkinchi dinamik ham ishga tushirildi

  •   DiMaX
  •  2077
  •  09.03.2017 16:24

Samsung Galaxy S7 va Galaxy Note 5’da musiqa uchun ikkinchi dinamik ham ishga tushirildi

Samsung’ning so‘nggi flagmanlarida ovozlarni yangratish va musiqa tinglash uchun bittagina dinamikdan foydalaniladi. To‘g‘ri, Galaxy S7 va Galaxy Note 5 chiqaradigan tovush sifati yaxshi, ammo ko‘pchilik foydalanuvchilarga bu kamdek tuyuladi.

Shuning uchun ham XDA Developers forumida chetki ishlab chiquvchilar tomonidan Galaxy S7 flagmani uchun Sound Mod 19 ustqurmasi (nadstroykasi) hamda Galaxy Note 5 uchun Sound Mod 2 ustqurmasi taqdim etildi. Ular devays korpusining yuqori qismida joylashgan suhbatlashish dinamigini musiqa va boshqa tovushlarni ham chiqaruvchi to‘laqonli karnayga aylantiradi. Bundan tashqari, mazkur ustqurmalar qo‘ng‘iroqlardagi tovushning hamda simsiz Bluetooth-garnituralarga uzatiladigan ovoz va medianing sifatini yaxshilaydi.

Shunisi yaxshiki, modni o‘rnatish rut huquqini talab etmaydi, ammo proshivka arxivi orqali amalga oshiriladi, demak – TWRP utilitasi bo‘lishi kerak. Agar buning nima ekanini va qanday ishlashini yaxshi tushunmasangiz, u holda modni o‘zingiz o‘rnatmasligingizni maslahat beramiz. Buning ustiga, suhbatlashish dinamigi musiqa yangratishga mo‘ljallanmagan va ayrim hollarda u baland ovozlarni chiqarishga dosh bermasligi ham mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.