Samsung Galaxy S7: yangilik va mish-mishlar haqida batafsilroq

Samsung Galaxy S7: yangilik va mish-mishlar haqida batafsilroq

So‘nggi mish-mishlarga qaraganda dizayndagi bir oz o‘zgarishlar, 3D sensor ekran texnologiyasini hisobga olmaganda, Galaxy S7 qurilmasi  Galaxy S6 telefon apparatiga o‘xshab ketar ekan.

Qurilma 128GB microSD xotira kartasini o‘qish, suvga dosh berish xususiyatlariga ega bo‘ladi. Samsung tomonidan telefon qurilmalarida foydalanish mumkin bo‘lgan, telefonga sifatli tasvir olishga yordam beradigan sensor tizimi e’lon qilingan edi. Qolaversa, Exynos 8890 va Qualcomm Snapdragon 820 mikrosxemalari sinovdan o‘tkazildi. Bu texnologiyalar yangi, flagmanlikka da’vo qilishi kutilayotgan qo‘l telefonida tatbiq qilinsa ajab emas.

Navbatdagi qurilmaning farqli jihati – uning displeyi. Modomiki kompaniya Gear VR – virtual voqelik qurilmasini qo‘l telefonlari bilan uyg‘unlashtirmoqchi ekan, buning uchun innovatsion va tasvirni 7680x4320 pikselda ko‘rsatadigan 8K texnologiyasidagi displey talab qilinadi.

Yangi texnologiyada qurilma tizimiga kirish uchun barmoq izlarining o‘zi yetarli emas. Endi telefon kamerasi va displeyi foydalanuvchining biometrik o‘ziga xosliklari – ko‘zi, tashqi ko‘rinishidagi belgilarni tekshirib, so‘ng tizimga kiritadi.

Displeyning aniq qirralari endi telefonning ikki biqini bilan tutash bo‘ladi. S6 Edge’da displey qurilma dizayni sifatida biqinga qayrilgan bo‘lsa, yangi apparatning ikkala chekka tomonlari ham monitor vazifasini bajarsa ajab emas.

Ustki va pastki karnaylar Samsung’ning omni-sound – sof-tiniq ovoz texnologiyasi yordamida media va audio mo‘’jizalardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Qachon?

Aftidan, Galaxy’ning yangi avlodi kutilganidan ertaroq namoyish qilinadi. China Mobile mobil aloqa operatorning ma’lumotiga ko‘ra, Samsung Galaxy S7 yaqin oylarda, aniqrog‘i 22-25 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan mobil sanoati kongressi va ko‘rgazmasida namoyish qilinadi. Yangi qurilmaning 19 yanvarda taqdim qilinishi to‘g‘risidagi boshqa mish-mishlar kompaniya tomonidan hali tasdiqlanmagan.

Samsung Galaxy S7 dizayni

2015 yilning mart oyida e’lon qilingan Galaxy S6 qurilmasidan so‘ng, qisqa fursatda yangi qurilma dizaynida ommaviy o‘zgartirishlarning bo‘lishi shubhali.

The Korea Times nashrining ma’lum qilishicha, yangi apparatda suratga olish va tasvir sifati, ishlash tezligi kabi o‘ziga xosliklar foydalanuvchilarni xursand qiladi. Shuningdek, S7 ham Galaxy S5 singari chang va suvga chidamlilikni ta’minlaydigan IP67 texnologiyasiga ega bo‘ladi.

Kompaniyaning Galaxy S7 Edge qurilmasi o‘rniga Galaxy S7 Edge+ planshetini taqdim qilishi to‘g‘risida ham tasdiqlanmagan xabarlar bor. Qurilma 5.7 dyuymli, 2K texnologiyasi displeyiga ega bo‘ladi.

Korpusda magniy va metall qotishmali elementdan foydalanilishi uning yengil, pishiq va protsessor qizib ketganida issiq haroratga chidamliligini ta’minlaydi.

Aytishlaricha, metall va shisha uyg‘unligi telefon qurilmasi dizaynining oliy darajada bo‘lishini anglatadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.