Samsung Galaxy S8 cmartfoni S Pen stilusi bilan chiqarilishi mumkin

Samsung Galaxy S8 cmartfoni S Pen stilusi bilan chiqarilishi mumkin

Kecha Samsung mahsulotlari bilan aloqador yangiliklarni yoritadigan Sammobile nashrida yozilgan xabarga ko‘ra, kompaniyaning navbatdagi flagmani Galaxy S8 tashqi aksessuar sifatida S Pen stilusi bilan jihozlanishi mumkin ekan. Albatta, bunday qaror biroz kutilmagan yangilik hisoblanadi: sababi Janubiy Koreya kompaniyasi faqat Galaxy Note seriyasidagi smartfonlarni stilus bilan jihozlar edi.

Nashrning taxmin qilishicha, stilus 6 dyuymli ekranga ega bo‘ladigan Galaxy S8 Plus uchun ko‘zda tutilishi kutilmoqda. Chunki bunday katta ekranli smartfondan  stilus bilan foydalanish qo‘shimcha qulaylik beradi. Samsung ko‘plab Galaxy Note seriyasi muxlislarining talablarini hisobga olgan holda shunday qarorga kelgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 flagmanlari 2017 yilning aprel oyida Nyu-York shahrida namoyish etilishi mumkin.