Samsung Galaxy S8 Edge’ning yangi jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy S8 Edge’ning yangi jihatlari ma’lum bo‘ldi

Yangi Samsung Galaxy S8 smartfonining anonsiga sanoqli kunlar qoldi, shuning uchun mobil qurilmalarga aksessuarlar sotuvchi kompaniyalar assortimentida yangi smartfonning tashqi ko‘rinishini oshkor qiluvchi g‘iloflar paydo bo‘la boshladi. Britaniyaning MobileFun riteyleri saytida sinchkov foydalanuvchilar S8 Edge modeli uchun juda yupqa g‘ilofni payqay olishgan, deya yozadi Kun.uz nashri.

Aksessuar Olixar Ultra-Thin Samsung Galaxy S8 Edge Case deb nomlanadi, shuning uchun u, mutaxassislar fikricha, smartfonning asl tashqi ko‘rinishini namoyon qilishi va uning dizaynining yakuniy versiyasiga juda yaqin bo‘lishi mumkin. Old panelda yuqori va pastda juda ingichka chetlar, Home tugmasining yo‘qligi, Samsung yozuvining pastroqqa surilgani, pulsomerli vspishka va smartfonni yoqish tugmasining yangi joylashgan o‘rni ko‘zga yaqqol tashlanadi. Aksessuar suratiga ko‘ra, 3,5 mm li raz’yom qolishi tushunarsiz qolgan. Taxmin qilinishicha, kompaniya bu portdan USB Type-C foydasiga voz kechadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!