Samsung Galaxy S8’ning «jonli» suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  1201
  •  22.02.2017 12:01

Samsung Galaxy S8’ning «jonli» suratlari tarqaldi

Ice Universe insayderi  hali taqdim etilmagan Samsung flagmani suratlarini Twitter’da e’lon qildi. Tasvirlarda Samsung Galaxy S8 smartfonini har tomondan tomosha qilish mumkin, deb yozadi Daryo nashri.

Dastlab Samsung Galaxy S8 MWC 2017 konferensiyasida taqdim etilishi kutilgan edi, ammo Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarib olinishi tufayli, kompaniya o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi. Endi flagman smartfon martda taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.

Yangi suratlar Samsung Galaxy S8 «Uyga» tugmasidan xoli bo‘lishini tasdiqladi. Qariyb butun old panelni ekran egallaydi. Quloqchin ulashga mo‘ljallangan 3,5 millimetrlik tirqishni konstruksiyadan olib tashlashmadi.

Ekran tepasida nafaqat old kamera va dinamik, balki ko‘z rangdor pardasi skaneri ham joylashishi taxmin etilmoqda. Yana bir elementning esa funksiyasi noaniq bo‘lib turibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!