Samsung Galaxy S9 "ajdodlari"dagi muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Samsung Galaxy S9

Samsung kompaniyasining so‘nggi va qimmatbaho flagmani xususida o‘ylar ekanmiz, har gal ko‘z o‘ngimizda so‘nggi texnologiya va standartlar jam qilingan gadjet gavdalanadi. Boisi, brend mobil texnologiya tashabbuskori va peshqadami hisoblanadi. Samsung Galaxy S9 ham ana shu e’tirofning namunasi bo‘lishiga umid qilamiz.

Samsung Galaxy S9 smartfoni an’anaga ko‘ra 2 xil talqinda, 2 mintaqa uchun ishlab chiqariladi. Ya’ni, birinchi talqin firmaning Exynos protsessoriga ega bo‘lsa, ikkinchi talqin Snapdragon chipi bilan ta’minlanadi. Yangi protsessor bilan Samsung qurilmalarining quvvat olish texnologiyasi yangi bosqichga ko‘tariladi.

Biroq, Qualcomm kompaniyasi taqdim etgan Snapdragon 845 flagman protsessori o‘rnatiladigan Galaxy S9 smartfoni yaqinda taqdim qilingan Quick Charge 4.0+ texnologiyasiga ega bo‘lmaydi.

O‘qing: Quick Charge 4.0+ taqdim etildi: smartfon “zaryad” tashvishidan xalos bo‘ldi

Quick Charge 4.0+ elektr toki sig‘imi 3300 mA soat bo‘lgan akkumulyatorni 1 soatga yetar-yetmas to‘ldiradi va hozirgi kunda tezkor quvvatlashning eng xavfsiz texnologiyasidir. Biroq, Samsung Quick Charge 4.0+ funksiyasidan Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ flagmanlarida voz kechadi. Buning o‘rniga firmaning Adaptive Fast Charge texnologiyasidan foydalanish taklif qilinadi. Buning uchun qo‘shimcha quvvatlash adapterini xarid qilish kerak bo‘ladi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy S9'ning quvvat olish tizimi foydalanuvchilarni xursand qiladi. Lekin, ba’zi insayderlarning yozishlaricha, Samsung yanada ko‘proq pul qilish uchun ham flagmanida tezkor quvvatlash texnologiyasidan voz kechgan va Adaptive Fast Charge adapterini sotishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda flagmanlar o‘rtasida kim tezroq quvvat olish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Unga ko‘ra, OnePlus 5T tezkor quvvat olishda tengsiz bo‘lib chiqdi — u yarim soatda 59%, 1 soatda esa 93% quvvat olishga ulgurdi. 6.1 dyuymli flagman akkumulyatori Dash Charge texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va 30 daqiqada bir kunga yetadigan quvvatni to‘play oladi.

O‘qing: OnePlus 5T taqdim qilindi: ilg‘or gadjet eski narxda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!