Samsung Galaxy S9 mini – romsiz iPhone SE'ning "kushandasi"

Samsung Galaxy S9 mini – romsiz iPhone SE'ning

Samsung Galaxy S9'ning 9 - 12 yanvar kunlari AQSh da o‘tadigan CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilishi ma’lum bo‘lgach, bugun yana bir qiziqarli xabar tarqaldi. Bir nechta ishonchli manbalarning xabar berishlaricha, Samsung kompaniyasi Galaxy S9 va Galaxy S9 Plus flagmanlari bilan birga, uning uchinchi -- "jajji" modelini ham ishlab chiqaradi. Ushbu mini-versiya "Samsung Galaxy S9 mini" deb nom oladi hamda bozorda 2018 yilning romsiz "iPhone SE" hamda iPhone X smartfonlariga qarshi kurashadi.

Ma’lumki, 2018 yilning birinchi yarim yilligida iPhone SE'ning yangi avlodi sotuvga chiqariladi. U romsiz ekrani hamda nisbatan arzon narxi bilan o‘ziga xos bo‘ladi. Bu devays uchun ekran yetkazib beradigan Samsung raqobatda g‘olib kelish uchun Samsung muhim qaror qabul qildi: Galaxy S9 mini'ni ishlab chiqaradi. Bu model Apple'ning ixcham "aqlli telefon"larining savdosiga "zarba" beradi.

Texnik jihatlari
Hozircha aniqlangan ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, Samsung Galaxy S9 mini smartfoni 5 dyuymli, romsiz hamda yonlariga qayrilgan AMOLED-ekran, Galaxy S9 va S9+ kabi 18,5:9 standartidagi ekranga ega bo‘ladi. Batareya va korpus o‘lchamini hisobga olmaganda, uning boshqa barcha jihatlari yuqori talqinlarniki bilan bir xil bo‘ladi. Xususan, ilg‘or Exynos 9810 yoki Snapdragon 845 (AQSh, Xitoy) protsessori, 4 yoki 6 GB tezkor xotira, 16 Mp sig‘imli 2 ta sensordan iborat bosh kamera bilan ta’minlanadi.

O‘qingGalaxy S9 benchmark-testida to‘plagan ball shubha uyg‘otmoqda

Narx-navo
Galaxy S9 mini o‘zining "akasi"dan naq $100 dollarga arzon bo‘ladi. Ya’ni, jahon bozorlarida Galaxy S9 modeli 830 dollardan sotilsa, "jajji talqin" 730 AQSh dollardan sotiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!