Samsung Galaxy S9'ning ilk render-suratlari tarqaldi

Samsung Galaxy S9'ning ilk render-suratlari tarqaldi

Janubiy koreyalik Samsung 2018 yilda taqdim qilish uchun tayyorlayotgan Galaxy S9 jihatlariga ko‘ra Apple flagmanlarini ortda qoldirishi hozirdanoq taxmin qilinmoqda.

Phone Arena nashri tomonidan internet tarmog‘ida kelajak smartfonining ilk render-suratlari aniqlandi. Ularda Samsung Galaxy S9 turkumiga mansub devayslar aks etgan. Ularda quyi va yuqori talqinlar tasvirlangan. Mazkur gadjetlar bozorda iPhone X flagmaniga qarshi kurashadilar.

2018 yilning bahorida taqdim qilinadigan "aqlli telefon"lar yanada yupqa romli ekranlar bilan ta’minlanadi. Old panel ostki qismidagi qora hoshiya esa deyarli sezilmayapti. Buni quyidagi suratda ko‘rishimiz mumkin.

Eng qizig‘i, bu gadjetlarning old panelining pastki qismida barmoq izi skaneri uchun o‘yiq yo‘q. Ehtimol, ishlab chiqaruvchi bunday ekranlarni Note turkumining yangi modelida taqdim qilishi mumkin.

Devays ekrani uchun AMOLED Infinity-displeylarining tanlanish ehtimoli yuqori. Ularning piksel sig‘imi 1440x2960 yoki QHD+ bo‘lishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!