Samsung Galaxy S9'ning protsessori taqdim qilindi

Samsung Galaxy S9'ning protsessori taqdim qilindi

Samsung kompaniyasi Exynos 9810 mobil chipini rasman taqdim qildi. Mazkur platforma tez orada ishlab chiqariladigan Galaxy S9 smartfoniga o‘rnatiladi. Ishlab chiqaruvchi taqdimotda mazkur chipga "eng so‘nggi flagman protsessor" deb ta’rif berdi. Ushbu platforma 3-avlodga mansub ilg‘or yadrolar, takomillashgan video-karta, smartfon sanoatidagi ilk ilk gigabitli LTE-modemga ega bo‘lgan. Bu modem 6CA texnologiyasi asosida tezkor va uzilishsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

6CA (Cat.18) modemining ma’lumotni o‘tkazuvchanlik qobiliyati sekundiga 1,2 Gbit/ni tashkil qiladi. Galaxy S9 bu tezkorlik yordamida to‘liq o‘lchamli HD-sig‘imli filmni 10 sekund orasida yuklab olish salohiyatiga ega bo‘ladi. Avvalgi avlod chiplarining tezkorligi 1 GB.ga yetmagan. Shuningdek, ma’lumotlarni uzatish va video-qo‘ng‘iroqlar jarayoni ham tezkor amalga oshadi.

Exynos 9810 ma’lumotlarni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan 2-avlod chipi bo‘lib, o‘lchamiga ko‘ra Galaxy Note 8 va Galaxy S8'dagi Exynos 8895 protsessorini eslatib yuboradi. Shu bilan birga, bu chip nisbatan ilg‘or hamda quvvatni tejaydi. Avvalroq, Galaxy S9 chipi 8 nanometrli norma asosida faoliyat ko‘rsatishi xabar qilingan edi. Biroq, Samsung taqdimoti buni rad etdi.

Exynos 9810 chipi Galaxy S9'ning xalqaro talqinida o‘rnatiladi. Uning Amerika smartfon bozorida sotiladigan talqiniga nisbatan tezkor chip bo‘lmish Snapdragon 845 o‘rnatiladi. Garchi, bu chip 7 nm texnik jarayonda ishlacha ham, oddiy foydalanuvchi samaradorlikdagi farqni sezishi qiyin.

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S9 flagmanida ham ilg‘or kamera texnologiyasi joriy qilinadi. Unda sekundiga 1000 kadrli videoni tasvirga olish mumkin. Ya’ni, odatiy harakatni 40 marotabagacha sekinlashtiruvchi tasvir! Taqqoslash uchun atyish kerakki, iPhone 8 hamda iPhone X kamerasi sekundiga 240 kadrli video suratga oladi.

2018 yilning bahorida taqdim qilinadigan Galaxy S9 Android 8.0.0 (Oreo) operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Orqa paneldan barmoq izlari skaneri o‘rin oladi. Bu modul kutilganidek, displey ostida bo‘lmaydi. Smartfon QHD+ (1440×2960) pikselli "nihoyasiz" ekran bilan ta’minlanadi. Uning tezkor xotira sig‘imi 4 GB bo‘ladi. Dizayn esa bugungi flagmanlardan farq qilmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!