Samsung Galaxy S9'ning rasmiy reklama roliklari e’lon qilindi

Samsung Galaxy S9'ning rasmiy reklama roliklari e’lon qilindi

Kecha internet tarmog‘ida Samsung Galaxy S9 flagmanining 3 ta tizer-videolari tarqalib ketdi.

15 sekundlik videolar yangi modellarning yuqori samarador platformaga, yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi suratga oladigan ilg‘or kamera texnologiyasiga ega bo‘lishini ko‘rsatib turibdi.

Qualcomm Snapdragon 845 yoki firmaning Samsung Exynos 9 chipi bu flagmanlarning eng kuchli jihati bo‘ladi.

Galaxy S9 modeli 5,8-dyuymli Quad HD+ (2960 × 1440 pikselli) ekran, 12 megapikselli, Dual Pixel texnologiyasiga ega bosh kamera, 4 Gbayt operativ xotira, 64 Gbayt sig‘imli va UFS 2.1 standartli flesh-modul, tok sig‘imi 3000 mA·soat akkumulyatorga ega bo‘lgan.

Galaxy S9+ apparati 6,2 dyuymli, Quad HD+ sig‘imli displeyem, 12 megapikselli qo‘sh sensorli bosh kamera, 6 Gbayt tezkor va 128 Gbayt doimiy xotiraga, 3500 mA·soat sig‘imli batareyaga ega bo‘lgan.

Samsung 25 fevralda MWC 2018 kongressi doirasida Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagmanlarining taqdimotini o‘tkazishni e’lon qilgan. Flagman bahosi 800 dollar atrofida bo‘lshi kutilmoqda.

Galaxy S9+ qo‘sh modulli bosh kameraga ega bo‘ladi. Standart talqinda esa bosh kamera bir modulli.

Galaxy S9 smartfoni ega bo‘ladigan Sony IMX345 sensori 12 megapiksel aniqligida va fotosensor 1/2,55 o‘lchamida, shuningdek yorug‘lik taqsimlaydigan moslama bugungi kun uchun rekord darajada ilg‘or, ya’ni f/1.4 standartli.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!