Samsung Galaxy S9 va S9+ suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  2021
  •  14.11.2017 10:25

Samsung Galaxy S9 va S9+ suratlari tarqaldi

Koreyalik gigantning navbatdagi flagmani – Galaxy S9 hamda uning «plyusli» talqini haqida tobora yangi ma’lumotlar oshkor bo‘lib kelayotir. Kechagina SLASHLEAKS nashri bu qurilmalarning suratlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Galaxy S9 modeli amaldagi flagman – Galaxy S8’ga juda o‘xshash. Tashqi ko‘rinishidagi asosiy farqi – barmoq izi skaneri boshqa joyga ko‘chirilganligidir. Hozirgi modelda u kamera modulidan o‘ng tomonda joylashgan bo‘lib, smartfonni blokdan chiqarishga urinishlarda barmoq kamera ob’yektiviga tegib ketaveradi va u tezda kir bo‘lib qoladi. Yangi flagmanda esa bu datchikni kameraning ostiga o‘tkazishgan, bu esa barmoq kameraga tegishining oldini oladi.

O‘QING: Galaxy S9’ning asosiy sirlaridan birini Samsung muhandisi sotib qo‘ydi

Ammo Galaxy S9+ fotosurati ko‘proq qiziqarli ma’lumotlar beradi. Smartfon g‘iloflarini ishlab chiqaruvchi Dbrand saytida ushbu model surati aks etgan sahifa uchragan, deyiladi xabarlarda. Ammo ayni damda rasmiy saytda ham, uning saqlangan nusxalarida ham bunday sahifa yo‘q. Shunday ekan, quyidagi rasmning haqiqiyligi so‘roq ostidadir:

O‘QING: Galaxy S9’da eng ko‘p kutilgan funksiya umuman bo‘lmasligi mumkin

Yuqoridagi fotosuratdan ko‘rinib turibdiki, Galaxy S9+ o‘zining «plyussiz» versiyasidan ancha farq qiladi. Mazkur smartfonda qirralar va burchaklar nisbatan o‘tkir, shuningdek, orqa panelida daktiloskopik skaner ko‘rinmaydi. Kim biladi, balki mazkur talqinda barmoq izi sensorini, nihoyat, ekranning o‘ziga joylashtirishar. Biroq bu ehtimol juda kichik, chunki Galaxy S turkumidagi keyingi avlod «plyusli» va «plyussiz» smartfonlar o‘zaro juda kam farq qilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy S9'ning protsessori taqdim qilindi

Shuningdek, Galaxy S9 hamda S9+ modellarining ayrim xususiyatlari ham ma’lum:

  • Displey: 5,8 va 6,2 dyuym;
  • Protsessor: Snapdragon 845;
  • Kamera: 16 megapikselli qo‘shaloq asosiy kamera hamda 12 megapikselli qo‘shaloq old kamera;
  • O‘lchamlar: 144,1 x 68,1 x 8 mm / 155,2 x 73,4 x 8,1 mm.

O‘QING: Galaxy Note 8 va boshqa Samsung smartfonlarining kredit bo‘yicha so‘mdagi narxlari (2017 yil 8 noyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!