Samsung: Galaxy Tab S3 taqdimotiga oz qoldi

Samsung: Galaxy Tab S3 taqdimotiga oz qoldi

Samsung Berlinda tez kunlarda boshlanishi kutilayotgan IFA-2016 ko‘rgazmasida Galaxy Tab S3 planshetini namoyish etadi. Planshetlar o‘tmishdoshlari kabi 8.0 va 9.7 dyuymli ekranlarga ega bo‘lishi mumkin. Har holda modelning 8.0 dyuymli varianti Xitoyning telekommunikatsiya qurilmalarini sertifikatsiyalash markazining (TENAA) bazasida paydo bo‘lgan. Ushbu model AMOLED matritsali 2048×1536 piksel sig‘imidagi ekran bilan ta’minlanadi. TENAA bazasidagi ma’lumotlarga asosan, Galaxy Tab S3 8.0 quyidagi texnik parametrlarga ega bo‘ladi:

• 3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira;
• microSD slot (128 GBgacha);
• 8 MP asosiy va 2 MP old kamera;
• Akkumulyator sig‘imi – 4000 mA/soat;
• Android 6.0 versiyasidagi TouchWiz interfeysi.

Shuningdek, avval xabar berganimizdek IFA-2016 ko‘rgazmasi doirasida Samsung Gear S3 smart-soatini ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!