Samsung Galaxy X: qo‘sh ekranli buklama smartfon yaqinda taqdim etiladi

  •   DiMaX
  •  2077
  •  11.11.2017 10:09

Samsung Galaxy X: qo‘sh ekranli buklama smartfon yaqinda taqdim etiladi

Samsung kompaniyasi o‘zining ikkita displeyga ega buklama smartfonini 2018 yiliyoq taqdim etishni rejalashtirgan. Uning interfeysi qanaqa bo‘lishi ham allaqachon ma’lum, deb yozadi Android Community.

O‘QING: Huawei allaqachon buklama smartfon prototipini yaratibdi!

Aslida, Galaxy X deb ataluvchi bu smartfonini Samsung sir tutmoqda. Uning korpusi va formati qanday bo‘lishi haligacha noma’lum. Agarda yaqinda internetga chiqib ketgan patentlar suratlariga ishonadigan bo‘lsak, bu – gorizontal tarzda buklanuvchi uzun qurilma bo‘ladi.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

Lekin internetda kuni kecha paydo bo‘lgan interfeys skrinshotlari boshqacha tasavvur uyg‘otadi. Galaxy X xuddi noutbuk yoki yaqinda taqdim etilgan ZTE Axon M singari form-faktorga ega. Masalan, uni xuddi oddiy telefon sifatida ishlatish ham, zarurat tug‘ilganida yoyib, planshet formatida foydalanish ham mumkin.

Umuman olganda, Galaxy X har ikkala – vertikal va gorizontal tarzda tutishga moslanadi. Shu tariqa, bir vaqtning o‘zida ikkita ilova bilan ishlash yoki bittasini ikkita ekranga yoyib foydalanish imkoni tug‘iladi. Ikkinchi rejimda videolar ko‘rish, o‘yinlar o‘ynash ancha qulay bo‘ladi.

O‘QING: Samsung inqilobiy smartfonini bilakka taqiladigan qilmoqchi

Xabarlarga ko‘ra, Galaxy X devaysini kelasi yil yanvarning boshlaridagi CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etishadi. U cheklangan miqdorda – 100 ming donagina ishlab chiqariladi va, shunga yarasha, narxi ham baland bo‘ladi.

O‘QING: Bukiluvchan Samsung Galaxy X haqiqiy eksklyuziv bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.