Samsung Galaxy yoqilmay qolgan holatda nimalar qilish mumkin!

  •   Saroy
  •  1854
  •  08.05.2018 16:09

Samsung Galaxy yoqilmay qolgan holatda nimalar qilish mumkin!

Ba’zan Samsung Galaxy smartfonlari yoki planshetlari sababsiz  yoqilmay qoladi.  Android operatsion tizimi ishlamay qoladi, ayniqsa foydalanuvchilarda avvaldan o‘rnatilgan rut huquq tufayli tez-tez muammo paydo bo‘ladi. Quyida buzilgan apparatni qanday  jonlashtirish mumkinligi haqida gap boradi.

Buning bir nechta usuli bor va eng oddiysidan boshlaymiz

1-usul: Quvvatlantiruvchi qurilma hamda  kabelni tekshiring

Ehtimol sizning Samsung smartfoningizning quvvati tugagan va yoqilmayapti. Siz quvvatlantiruvchi qurilmani qo‘shdingiz lekin hech qanday o‘zgarish yo‘q. Birinchi navbatda boshqa gadjetdan quvvatlantiruvchi qurilmani oling va agar telefoningiz quvvat ola boshlasa, demak muammo quvvatlantirgichda. Keyin USB kabelini almashtirish lozim, aynan nima buzilganini bilish uchun.

2-usul: Samsungning texnik mutaxassislaridan masalahat

Samsungning texnik mutaxassislari maslahatiga ko‘ra, biz mobil telefonni juda tez tiklashning quyidagi usullarini sinab ko‘rishni taklif etamiz.

  1. “Gromkost vniz” va "Vklyucheniya" tugmachasini bosib ushlab turing.
  2. Uni 7-12 soniya ushlab turing.
  3. Shundan keyin apparatingiz ishlab ketsa, demak uning ishida keng tarqalgan uzilish ro‘y bergan.

Agar muammo bartaraf bo‘lmasa, boshqacha yo‘l tutamiz.

3-usul: Keshni tozalaymiz

 

Telefonning barcha keshini saqlaydigan xotira bo‘limini formatlaymiz.

  1. “Gromkost vverx” va “Vklyucheniya” tugmachasini telefoningizning modeli yozuvi chiqqunga qadar bosib turib recovery ga kiramiz
  2. qo‘shganingizdan keyin, gromkostni to‘g‘rilovchi tugmachasidan foydalanib,  “Wipe cache partition” punkitini chiqarasiz, keyin quvvat tugmachasini bosing.
  3. “Reboot system now” tanlangni tugatganingizdan keyin quvvatlantiruvchi tugmachani bosasiz.

Urinish natija bermadimi? Qayta yoqqaningizdan keyin qurilma risolagidek ishlamadimi? Yanada murakkabroq usulga o‘tamiz.

 

 

4-usul: Zavod parametrlariga tushirish


Barcha ma’lumotlar, jumladan sinxronlashmagan aloqalar, xabarlar, qo‘ng‘iroq ro‘yxati, telefon xotirasidagi ilovalar ma’lumoti va fayllar o‘chib ketadi. Xotira karta mundarijasi butun qoladi.

  1. Recovery ga kirasiz, apparatni “Gromkost vverx” va “Vklyucheniya” tugmalarini qo‘shilgan holatda ushlab turasiz.
  2. “Wipe data/factory reset” ro‘yxatini tanlang va quvvatlagichni bosing.
  3. Jarayonni tugatganingizdan keyin “Reboot system now”ni tanlang va qurilmanining yoqilishini kuting.

5-usul: ODN yordamida qayta proshivkalash

 

Agar qurilmaning parametrlarini tushirgandan keyin ham  ishlamadimi, unda uni qayta proshivka qilishga urinib ko‘ring. Bu yerda sizning smartfon modeliga proshivka qidiramiz.  ODNni chiqaramiz shu ko‘rsatma bo‘yicha Windows uchun drayver o‘rnatamiz so‘ngra yo‘riqnomani o‘qishga kirishamiz.

 

  1. Qurilmani yoqilgan holatda “Gromkost vniz” va “Pitaniye” ni bosamiz, keyin ovoz tepaga tugmachasini bosamiz.
  1. Telefonni kompyuterga qo‘shamiz. “AP” qarshisidagi uchta nuqtali klavishga bosamiz va md5 formatdagi proshivka faylini tanlaymiz
  2. Bir daqiqadan keyin yoki ko‘proq,  “Start” tugmachasi faollashadi. Uni bosing, va keyin proshivka jarayoni boshlanadi.
  3. Bir necha daqiqadan keyin gadjet avtomatik tarzda yuklanishi kerak. Agar yuklagich animatsiyasida o‘ralashib qoldingizmi, unda zavod sozlagichni yana bir bor tashlab ko‘ring.

6-usul: Samsung Galaxyni   servis markaziga olib boramiz

Agar yuqorida qo‘llagan birorta ham usullar ish bermasa va telefoningiz hamon yoqilmasa, unda telefoningizni Samsung servis markaziga olib boring. U yerda kamchiligini albatta topishadi.

Siz endi bilib oldingiz, agar Samsung Galaxy smartfoni buzilib qolsa nima qilish kerakligini. Biz esa umid qilamizki, bunday ahvolga hech qachon tushmaysiz va telefoningiz buzulmasdan sizga uzoq vaqt xizmatda bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!