Samsung Galaxy Z (2018) yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Samsung Galaxy Z (2018) yilning eng yaxshi smartfoni bo‘ladi

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilda Samsung kompaniyasi smartfon bozoriga 3 ta flagman smartfon modellari – Galaxy S9, Galaxy S9+ hamda Galaxy Note 9'ni taqdim qiladi. Ular texnik imkoniyatlariga ko‘ra bozordagi eng yaxshi mobil vositalaridan biri bo‘ladi. Dizayniga ko‘ra mazkur smartfonlar orqa paneldagi bosh kamera o‘rni bilan bugungi "ajdodlari"dan farqlanib turadi. Biroq, insayderlarning yozishlaricha, brend yangi yilda Samsung Galaxy Z (2018) nomli modelni ham taqdim qiladi.

Science and Knowledge resursiga ko‘ra, 2018 yilda Samsung kompaniyasi ilg‘or flagmanlaridan ham ustun yangi smartfon modelini sotuvga chiqaradi. Bu model jozibador tashqi ko‘rinishi, batamom romsiz displeyi, qo‘sh sensorli bosh kamerasi, yuz-qiyofa skaneri, shu bilan birga Galaxy S9 va Galaxy Note 9'da ham o‘rnatiladigan displeydan o‘rin olgan barmoq izi moduli bilan farqlanib turadi.

Jurnalistlarning yozishlaricha, Samsung Galaxy Z (2018) "aqlli telefoni" 5,9 dyuymli, 2960 ga 1080 pikselli (QHD+), Super AMOLED matritsali ekrani bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, platformada 8 yadroli, chastota tezligi 2,8 GGs bo‘lgan Qualcomm Snapdragon 845 protsessori hamda Adreno 630 video-kartasi, 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotira o‘rnatiladi.

2 ta modulli bosh kameraning har biri 16 megapikselli, yorug‘lik taqsimlashga mas’ul moslamasi f/1.4 standartli (hozirda eng ilg‘or 1.6) sensorlarga ega bo‘ladi. Old kamera uchun 12 Mp aniqligidagi kamera moduli tanlangan va bu kamera orqa fonni g‘ira-shira qilib surat oladi.

Devaysning akkumulyator sig‘imi ham yomon emas -- 3600 mA soat va albatta tezkor quvvat oladi. Super Fast Charge funksiyasi uni bir soatda to‘liq quvvatlash imkonini beradi.

Koreyalik korporatsiya taqdim etishi kutilayotgan devays A-GPS, Bluetooth 5.0, Wi-Fi 802.11ad (yangi standart), NFC hamda boshqa ko‘p modullar bilan ta’minlanadi. Samsung Galaxy Z (2018) korpusi himoyalangan bo‘ladi hamda 20 Vt kuchlanishda tokni o‘tkazadi va simsiz quvvat olish imkonini beradi.

Aftidan, romdan batamom xoli AMOLED-ekran va taassurotli dizayni bilan Samsung flagmani ayni paytda va keyingi yilda bozorning eng ko‘zga yaqin smartfon modeli bo‘ladi. Galaxy Z (2018) modelining yanagi yilning avgust-sentyabr oyida, ya’ni yangi ayfon taqdimotidan bir oz avval taqdim qilinishi kutilmoqda. Uning bahosi ham chakki emas -- $850 AQSh dollari!