Samsung Galaxy J8 taqdim qilindi

Samsung Galaxy J8 taqdim qilindi

Samsung Galaxy J6 hamda Galaxy J8 smartfonlari bugun Hindistonda taqdim qilindi.

Samsung kompaniyasining bu yilgi Galaxy J6 hamda Galaxy J8 modellari "J" turkumida Infinity Display dizaynida ishlab chiqarilgan ilk smartfonlar bo‘lishdi.

Samsung Galaxy J6 modelining orqa paneli polikarbonat xomashyosidan tayyorlangan. Smartfon yonlari esa metall sinch bilan mahkamlangan. Smartfon 5.6 dyuymli HD+ sig‘imli "Infinity display" bilan ta’minlangan. Devays 8 yadroli Exynos 7870 protsessoriga, 3/4 gigabaytli tezkor hamda 32/64 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. MicroSD orqali xotirani kengaytirish mumkin.

Kamerasi ham yomon emas. 13 megapikselli bosh hamda 8 megapikselli old kameralarda LED fotochaqnoq bor.

Texnik jihatlar:
Ekran: 5.6 dyuymli, HD+ sig‘imli (1480 x 720 pikselli) Super AMOLED matritsali, 18.5: 9 o‘lchamli, 2.5D shaklli himoya shishasi bilan qoplangan Infinity displey;
Protsessor: 1.6 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Exynos 7870 chipi ma’lumotni 14 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi, video karta -- Mali T830;
Xotira: 3/4 Gb tezkor hamda 32/64 doimiy, microSD bo‘lmachasi 256 gigabaytgacha;
Operatsion tizim: Android 8.0 (Oreo) tizimining o‘zlashtirilgan talqini;
SIM-karta: qo‘sh;
Kamera: 13 Mp bosh, 8 Mp old, ikkalasida ham LED fotochaqnoq mavjud;
Barmoq izi skaneri: bor;
O‘lchamlari: 149.3 x 70.2 x 8.2 mm; Vazni: 154 gramm;
Qo‘shimcha: 3.5 mm audio tuynuk, FM Radio;
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.2 LE, GPS;
Akkumulyator: 3000 mA soat.

Samsung Galaxy J8 esa 6 dyuymli, HD+ sig‘imli (1480 x 720 pikselli) Super AMOLED matritsali, 18.5: 9 o‘lchamli hamda 2.5D himoya shishasi bilan qoplangan Infinity displeyga ega bo‘lgan.

Smartfonga 1.8 Ggs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 450 protsessori o‘rnatilgan, u ma’lumotlarni 14 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Tezkor xotira sig‘imi 4 Gb, doimiy xotira esa 64 Gb.

Galaxy J8 bosh kamerasi qo‘sh - 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli yordamchi sensor. Bular yordamida orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olish mumkin. Old kamera esa 16 megapikselli suratlar oladi. Barmoq izi skaneri bilan birga, smartfonning old kamerasi foydalanuvchi qiyofasi yordamida smartfon tizimini ochish funksiyasi ham joriy qilingan.

Galaxy J8 quvvati uchun tok sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan akkumultyaor o‘rnatilgan.

Texnik jihatlar:
Ekran: 6 dyuymli, HD+ sig‘imli (1480 x 720 pikselli) Super AMOLED matritsali, 18.5: 9 o‘lchamli, 2.5D shaklli himoya shishasi bilan qoplangan Infinity displey;
Protsessor: 1.8 Ggs, 8 yadroli Snapdragon 450 (14nm), video karta - Adreno 506;
Xotira: 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy, microSD bo‘lmachasi orqali yana 256 gigabaytga kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 8.0 (Oreo);
SIM-karta: qo‘sh;
Kamera: 16+5 Mp bosh (LED fotochaqnoq, f/1.7 va f/1.9 apertura) kamera hamda 16 Mp old (fotochaqnoq bor) old kamera;
Barmoq izi skaneri: Bor;
Qo‘shimcha: 3.5 mm audio tuynuk, FM Radio;
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi a/b/g/n (2.4/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, ANT+, GPS;
Akkumulyator: 3500 mA soat.

Samsung Galaxy J6 hamda J8 modellari qora, tilla hamda ko‘k rangli korpuslarda ishlab chiqariladi.

Galaxy J6 modelining 3/32 gigabaytli quyi talqini 205, 4/64 gigabaytli yuqori talqini 240 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Smartfon 22 maydan boshlab internet tarmog‘ida sotuvda bo‘ladi.

Samsung Galaxy J8 modeli esa 20 iyundan savdoga chiqariladi. Uni 280 AQSh dollaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.