Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  778
  •  25.08.2017 14:10

Samsung ham «aqlli» kolonka ishlab chiqarishini tasdiqladi

Xabaringiz bor, Apple shu yilning iyun oyida HomePod «aqlli» kolonkasini taqdim etgandi. Endi HomePod raqibi sifatida Samsung ham Bixby’ni qo‘llab-quvvatlovchi kolonka ishlab chiqarmoqchi. Bu to‘g‘rida Android Authority nashri xabar bermoqda.

Sayt vakillarining ta’kidlashicha, Samsung Electronics kompaniyasining mobil bo‘limi prezidenti Dong Jin Ko bu xabarni tasdiqlagan. CNBC bilan kechgan intervyuda u tez orada «aqlli» kolonkaning relizi bo‘lib o‘tishini inkor etmagan. Ammo buning aniqroq vaqti hamda qurilmaning narxi xususida ma’lumot bermagan.

Aytish kerakki, HomePod’ning cheklangan versiyasini Apple dekabrda chiqaradi. Mazkur «aqlli» gadjet dastlab Avstraliya, Angliya va AQShda, keyinroq esa qolgan mamlakatlarda savdoga chiqariladi. Uning narxi 349 dollarni tashkil etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!