Samsung har dyuymda 800 pikselli 7-avlod displeyini tayyorlamoqda

Samsung har dyuymda 800 pikselli 7-avlod displeyini tayyorlamoqda

Tahlillarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi OLED-displeyli bozoridagi gadjetlarning 95%ini shu turdagi matritsali displey bilan ta’minlaydi. Jumladan, 2017 yildan boshlab iPhone 8 uchun ham OLED ekran panellarini yetkazib bermoqda. UBI Research tadqiqotlar kompaniyasining ma’lum qilishicha, koreyalik gigant ayni paytda bu raqobatda to‘liq ustunlikka erishi uchun 7-avlod (7G) innovatsion matritsalaridan foydalangan holda, OLED-displey ishlab chiqarish texnologiyasi ustida bosh qotirmoqda.

Bu yerda gap 4K sig‘imli, har dyuymida 800 pikselni sig‘dira oladigan o‘ta yupqa OLED-panellari haqida ketyapti. Samsung kompaniyasi hatto Galaxy S8’da ham UHD-matritsali yuqori texnologiyaga ega ekranni o‘rnatishi ham mumkin edi. Biroq kompaniya bu gal “Infinity Display” nomi bilan kifoyalandi. Samsung Galaxy S8’ning Super AMOLED matritsali displeyining sig‘imi deyarli 3K, ya’ni 2960x1440 pikselni qamrab oladi. Navbatdagi flagman devays, misol uchun 5.5 dyuymli bo‘lsa, 4K sig‘imli bo‘ladi, ya’ni har dyuymida kamida 801 piksel belgi sig‘adi.

Tahlilchilarning fikricha, Samsung’ning xitoylik raqiblari ayni paytda OLED panellarning 6-avlodini yaratishga kirishib ketishgan.

Shuningdek, joriy yilning 2-choragidan boshlab ishlab chiqariladigan Samsung A4 smartfon turkumida ham yuqori sig‘imli panellar tatbiq etiladi. Samsung Display ayni kunda televizorlar uchun 8-avlod OLED panellarni ishlab chiqarmoqda.

Insayderlarning yozishlaricha, Samsung Galaxy Note 8 fableti 6,4 dyuymli displey bilan ta’minlanadi. Uning tomonlar nisbati 18,5:9’ga teng bo‘ladi va u 4428 x 2160 piksellar sig‘imi (har dyuymda 770 belgi). Shu taxlit, ilk 7-avlod AMOLED-panellariga ega smartfonlar 2018 yildan boshlab sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!