Samsung innovatsion “Gear VR” virtual shlemini taqdim qildi

Samsung innovatsion “Gear VR” virtual shlemini taqdim qildi

MWC 2017 anjumani ochilish marosimi munosabati bilan o‘tkazilgan texnologiya ko‘rgazmasida Samsung Electronics kompaniyasi o‘zining Gear VR virtual voqelik shlemini yangi talqinda namoyish qildi.

Gear VR shlemining o‘zida esa fokus oralig‘i 42 mm bo‘lgan, shuningdek, tasvirni ko‘rishni yaxshilash orqali ko‘ngil aynishining oldini oladigan, ko‘rish burchagi 101⁰ gradus ostida ko‘rinadigan ob’yektiv bor.

Uning komplektida simsiz Oculus kontrolleri ham bor. Bu nazorat aksessuarini bir qo‘lda boshqarish mumkin. Ixcham simsiz qurilma orqali o‘yin o‘ynash jarayonida yanada qulay boshqaruvni tashkil etish maqsadida, sensor panel hamda “Home” bosh, “ovoz”, “orqaga” tugmalari o‘rnatilgan. Sensor panel virtual makon bilan tezroq aloqa o‘rnatish, muayyan nuqtani tanlash, biror buyumni tortish, qiyalikdan chiqish, o‘yinlarni o‘ynashga yordam beradi.

Shlemning og‘irligi 345 gramm, uning kontrolleri 64,3 gramm tosh bosadi. Qurilma korpusida micro-USB va USB Type-C portlari mavjud. Qurilmani quvvat bilan AAA turidagi 2 ta akkumulyator ta’minlab turadi. To‘liq quvvat, ya’ni 1000 mA soat bilan shlemdan har kuni 2 soatdan, o‘rtacha 40 kun davomida foydalanish mumkin.

Yangi Samsung Gear VR qurilmasini Galaxy S7, S7 edge, Note 5, S6 edge+, S6 hamda S6 edge smartfonlari bilan ishlatish mumkin. Shlem kontroller bilan birga 2017 yilning 2-choragida, 129,99 yevro narxida sotuvga chiqariladi.

Oculus’ning ma’lum qilishicha, ayni paytda yangi talqindagi virtual voqelik shlemida o‘ynash uchun 70 ta o‘yin ishlab chiqarilmoqda. Ular yaqin haftalarda e’lon qilinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!